Huawei’ga qarshi sanksiyalar sababli Xiaomi, Oppo va Vivo qanday foyda ko‘rayotganini bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  940
  •  22.09.2020 17:59

Huawei’ga qarshi sanksiyalar sababli Xiaomi, Oppo va Vivo qanday foyda ko‘rayotganini bilasizmi?

AQSh hukumati tomonidan Huawei korporatsiyasiga nisbatan yangi sanksiyalarning qo‘llanilishiga javoban Xitoy kompaniyalari iPhone tutgan xodimlarni ishdan bo‘shatayotgani haqida yozgandik. Mahalliy kompaniyalar va vatanparvar yurtdoshlarining qo‘llab-quvvatlashiga qaramasdan, yetakchi korporatsiyaning ahvoli chatoq.

O‘QING: O‘z egasini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

TrendForce tahlilchilari esa mazkur sanksiyalarning smartfon bozoriga ta’siri, ular tufayli boshqa smartfonsozlar qancha foyda qilishini ham hisoblab chiqishdi. Zero, Huawei – bozor yetakchisi, uning «o‘yindan chiqishi» esa boshqalarga keng yo‘l ochib berishi shubhasiz.

Avvalo, tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy yilda dunyo bo‘yicha Huawei smartfonlarining yetkazib berilishi 170 milliontani tashkil etadi. Bu esa oldin kutilayotganidan 10 foizga kam miqdordir.

Shu bilan birga, mutaxassislar Xiaomi, Oppo hamda Vivo kabi kompaniyalarning smartfon yetkazib berishlari hajmi oshishini prognoz qilishmoqda. Oldingi prognozlarda ular bu yilda tegishlicha 130, 130 va 106 millionta smartfon sotishi aytilayotgan edi. Endi esa tahlilchilar mazkur ko‘rsatkichlarni 145, 140 va 110 million donagacha ko‘tarishgan.

O‘QING: «Davring o‘tdi – tur, begim!»: DxOMark taxtidan Huawei P40 Pro’ni ag‘dargan yangi flagmanni qarshi oling! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.