Huawei’ni Android’dan mahrum etsa, Google o‘zi nimalarni yo‘qotadi?

  •   DiMaX
  •  1837
  •  26.06.2019 15:41

Huawei’ni Android’dan mahrum etsa, Google o‘zi nimalarni yo‘qotadi?

Xabaringiz bor – AQSh hukumatining sanksiyalari sababli Google va boshqa ko‘plab kompaniyalar xitoylik texnogigant bilan hamkorlikni to‘xtatgan. Huawei smartfonlari Android tizimidan mahrum etiladi, lekin u o‘zining HongMeng operatsion tizimini tayyorlayapti.

O‘QING: Huawei allaqachon Android kushandasi – HongMeng tizimli millionta smartfon sotib ulgurgan!

Kuni kecha CNBC nashriga Huawei asoschisi va bosh direktori Ren Chjenfey (Ren Zhengfei) berdi. Shunda uning ta’kidlashicha, agarda xitoylik texnogigant Android tizimidan voz kechadigan bo‘lsa, Google naq 700–800 million nafar foydalanuvchisidan ayriladi.

Ren Chjenfey so‘zlariga ko‘ra, Google taqdim etgan operatsion tizimdan boshqasiga o‘tishni Huawei aslo istamaydi, chunki bu taraqqiyotni sekinlashtiradi. Lekin agarda ish shungacha borib yetsa, Huawei ma’lum bir muddatgina qiynaladi, lekin ikki yillardan so‘ng yana oyoqqa turib ketadi.

Huawei o‘zining HongMeng (xorijga chiqariladigan modellarda – Oak OS yoki Ark OS) operatsion tizimini shu yil sentyabrning oxiri yoki oktyabrning boshlarida namoyish etishi mumkin. Insayderlar yaqinda bergan ma’lumotlarga qaraganda, bu tizim dastlab o‘rta narx toifasidagi qurilmalar uchun chiqariladi.

O‘QING: Android’dan 60 foizga tezkor HongMeng tizimini Xiaomi, Oppo va Vivo smartfonlarida ham sinab ko‘rishyapti!

HongMeng OS operatsion tizimi Android uchun ishlangan ilovalarni ham qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ladi. Agarda Huawei xitoylik boshqa smartfonsozlarni ham shu tizimga o‘tishga ko‘ndirsa, Google uchun bu qattiq zarba bo‘ladi.

Hozircha esa Android operatsion tizimli aksariyat Huawei smartfonlarini 1 059 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Huawei bo‘sh kelmaydi – bir necha oydan so‘ng u Samsung’ni taxtdan ag‘darmoqchi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!