Huawei’ning «begona» protsessorli ilk smartfoni AnTuTu’da qo‘lga tushdi!

  •   DiMaX
  •  685
  •  22.05.2020 14:09

Huawei’ning «begona» protsessorli ilk smartfoni AnTuTu’da qo‘lga tushdi!

Xitoylik texnogigant mobil qurilmalarini odatda o‘zining HiSilicon brendli protsessorlari bilan chiqaradi. Lekin, AQShning yangi sanksiyalari bois, TSMC kompaniyasi bu chipsetlarni tayyorlab berishni to‘xtatishi mumkin.

O‘QING: Ikkita benchmark kelisha olmayapti: qaysi protsessor «eng sun’iy ongli»?

Huawei shu sababli smartfonlarini MediaTek protsessorlariga o‘tkazishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Buning isboti ham bor – yaqinda Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgan Huawei DVC-AN00 kodli nomga ega qurilma MediaTek Dimensity 800 chipseti bazasiga qurilgan.

Endi esa ayni ushbu smartfon AnTuTu benchmarkining ma’lumotlar bazasida ham paydo bo‘ldi. Samaradorlik testida u 316 000 ballik natijaga erishgan – bu esa taxminan Snapdragon 765G darajasidagi ko‘rsatkichdir.

Huawei ushbu smartfonini 6/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotira hamda Android 10 operatsion tizimi bilan ta’minlagan.

Mish-mishlarga ko‘ra, DVC-AN00 nomi ostida imtihon qilib ko‘rilgan bu devaysni bozorga Huawei Enjoy Z 5G modeli sifatida chiqarishadi. Mazkur qurilma xitoylik texnogigantning eng arzon 5G-smartfoni bo‘lishi ham aytilgan.

O‘QING: AnTuTu yangi reytingda har kimning joyini ko‘rsatib berdi (2020 yil may)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.