Huawei'ning eng qimmat smartfonini arzonroqqa xarid qiling!

Huawei'ning eng qimmat smartfonini arzonroqqa xarid qiling!

Huawei kompaniyasi takomillashtirilgan yig‘iluvchi Huawei Mate Xs smartfonini ikki hafta oldin taqdim qilgan edi. Endi esa yangi flagman uchun buyurtma qabul qilishni boshladi.

Hozircha faqat Xitoyda smartfon uchun oldindan buyurtmani amalga oshirish mumkin. Taqdimot paytida Yevropa bozorlari uchun qurilma narxi 2500 yevro bo‘lishi, sotuvi esa aprelda boshlanishi aytilgan edi. Yevropada smartfonning o‘tgan yilgi talqini Huawei Mate X 2299 yevrodan sotilgandi.Xitoyda Huawei Mate Xs'ni Yevropaga qaraganda nafaqat ertaroq, balki arzonroqqa ham olish mumkin. Ya’ni, Xitoyda smartfonni 2 415 dollarga buyurtma qilish mumkin, sotuvi esa 5 martdan boshlanadi. Smartfon xotirasi hajmi Yevropa versiyasi bilan bir xil — 8GB tezkor, 512GB doimiy.O‘QING: Kirin 990 5G chipli qimmat buklamafon – Huawei Mate Xs namoyish qilindi (+«jonli» video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.