Huawei’ning qo‘rqadigan joyi yo‘q: Android o‘rniga o‘zining Hongmeng operatsion tizimi bor!

  •   DiMaX
  •  2191
  •  21.05.2019 08:39

Huawei’ning qo‘rqadigan joyi yo‘q: Android o‘rniga o‘zining Hongmeng operatsion tizimi bor!

Xitoylik texnogigant o‘z smartfonlarida odatda o‘zining Kirin protsessorlarini qo‘llab keladi. Shuningdek, Huawei o‘z mobil qurilmalari uchun o‘z operatsion tizimini ham tayyorlayotgani to‘g‘risida anchadan beri mish-mishlar yuradi.

O‘QING: Bryus Li rasman xabar qildi: Huawei kompaniyasi Android o‘rniga Kirin OS’ni tayyorlayapti!

Kuni kecha Google ushbu kompaniya bilan hamkorlikni to‘xtatib, uning smartfonlari uchun Android yangilanishlarini taqdim etmaslikka qaror qildi. Huawei’ning endi chiqadigan smartfonlari Google Play ilovalar do‘koniga va Google servislariga ega bo‘lmaydi.

To‘g‘ri, voqealar rivoji qay yo‘sinda ketishi, ya’ni AQSh bilan Huawei orasidagi ziddiyat kuchayishi yoki kelishuvga erishilishi hozircha noma’lum. Biroq Donald Tramp bir haftacha avval barcha kompaniyalarga u bilan hamkorlikni to‘xtatish haqida ko‘rsatma bergan. Kechadan boshlab nafaqat Google, balki boshqa yirik kompaniyalar ham unga amal qila boshlagan.

O‘QING: Huawei’ning umri tugadimi: Google’dan keyin Intel va Qualcomm ham hamkorlikni to‘xtatdi!

Xitoylik texnogigant esa, har ehtimolga qarshi, o‘z smartfonlarida Android o‘rniga qo‘llash uchun operatsion tizimni ham tayyorlagan. Manbalar ushbu operatsion tizimning Hongmeng deb atalishini aytishmoqda. Biroq bu so‘z tizimning yakuniy atalishi yoki kodli nomi ekanligi aniq emas.

Huawei uning ustida 2012 yilning boshidan beri ishlab kelayotgani ham aytilgan, biroq tugallanganmi-yo‘qmi – bu borada biror nima deyish qiyin. Hongmeng tizimli smartfonlarini Huawei allaqachon «yopiq eshiklar ortida» ishlatib kelayotir, demoqda manbalar, boshqa ma’lumot yo‘q.

Bu yerda bir narsani to‘g‘ri tushunish kerak: Android o‘rniga boshqa operatsion tizimni qo‘llash qiyin emas. Muammo o‘sha yangi tizimda Google servislari va ilovalarini ishlatib bo‘lmasligidadir. Xitoydan tashqarida esa ularsiz Huawei va Honor smartfonlari qiziq bo‘lmay qoladi.

Lekin bularning bari hali endi ishlab chiqariladigan Huawei smartfonlariga tegishli. Uning shu paytgacha global bozorga taqdim etilgan aksariyat rusumlardagi smartfonlari esa avvalgidek ishlayveradi va ular O‘zbekistonda ham rasmiy kafolati bilan sotilmoqda.

O‘QING: Terashop.uz’da barcha Huawei smartfonlari arzonlashdi, narxlari bilan tanishing! (2019 yil 18 may)

Huawei yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotganingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda Xiaomi kompaniyasining ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi!

Bu haqdagi batafsil ma’lumotni esa quyidagi xabarimizdan o‘qib olishingiz mumkin.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: YouTube-kanalimizda P30 Pro, P30 va P30 Lite videotavsifi! Videoni tomosha qiling va ajoyib sovg‘a egasiga aylaning!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!