Huawei’ning yap-yangi operatsion tizimida ishlayotgan smartfon videosi chiqdi

  •   DiMaX
  •  947
  •  25.01.2021 13:28

Huawei’ning yap-yangi operatsion tizimida ishlayotgan smartfon videosi chiqdi

Biz avvalroq HarmonyOS 2.0 proshivkasini oluvchi Huawei hamda Honor smartfonlari, planshet va smart-soatlari ro‘yxatini e’lon qilgan edik. Xitoylik texnogigant o‘tgan yilning 16 dekabr kuni ushbu tizimni ayrim smartfonlari uchun taqdim etgan va uning birinchi «jonli» videosini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Eng tezkor Android-smartfonlar va eng silliq ishlovchi grafik qobiq (Master Lu reytinglari, 2020 yil)

Yangi videolavhadan ayon bo‘lishicha, HarmonyOS 2.0 operatsion tizimi kompaniyaning EMUI grafik qobig‘idan uncha farq qilmas ekan. Buning ajablanarli joyi yo‘q: bu tizim ham qisman Android’ga asoslangan va Android-ilovalarni kodlariga o‘zgarish kiritmasdan ishga tushirish imkonini beruvchi freymvorkka ega.

Huawei kompaniyasi HarmonyOS 2.0 tizimini tarqatishdan tashqari, uning boshlang‘ich kodini Gitee (GitHub’ning xitoycha analogi) platformasiga joylab ham qo‘ygan. Shuningdek, o‘z ilovalarini ushbu tizimga moslab yaratishlari va optimizatsiya qilishlari uchun dasturchilarga turli utilitalar taqdim etgan.

Eslatib o‘tamiz, HarmonyOS operatsion tizimi nafaqat smartfon va planshetlarga, balki televizor, kompyuter, smart-soat, maishiy texnika jihozlari va boshqalarga ham tushadi.

O‘QING: Huawei’dan ajralib chiqqan Honor’ning ilk flagmani taqdimotdan keyinoq sotib tugatildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!