Hukumat bilan ziddiyatga borgan AliExpress rahbari g‘oyib bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  905
  •  04.01.2021 15:16

Hukumat bilan ziddiyatga borgan AliExpress rahbari g‘oyib bo‘ldi!

Xitoy hukumati Alibaba Group kompaniyalar guruhi hamda AliExpress onlayn bozori asoschisiga qarshi urush ochgani haqida avvalroq yozgan edik. Xorijiy nashrlarning yozishlaricha, Jek Ma ikki oydan beri jamoatchilik ko‘zidan g‘oyib bo‘lgan.

O‘QING: O‘zbekistonda ham Alibaba Group rasmiy vakili ish boshladi

Jek Ma o‘tgan yilning 24 oktyabr kuni Shanxaydagi chiqishida mamlakatdagi yuqori texnologiyalar sohasini tartibga soluvchi qoidalarni tanqid qilgandi. Xitoy davlat banklari va iqtisodiy regulyatorlarini tanqid qilib, ularni lombardlarga tenglashtirgan edi. O‘shandan keyinoq biznesmen hech qayerda ommaviy ko‘rinish bermay qo‘ygan.

1 yanvar kuni ma’lum bo‘lishicha, milliarder o‘zining Africa’s Business Heroes nomli TV-shousidagi hakamlar hay’ati tarkibidan ham chiqqan. Shu bilan birga, mazkur loyihaning reklama roliklarida Jek Ma ko‘rsatilmay qo‘ygan, uning surati ham hakamlar ro‘yxatidan olingan.

Alibaba korporatsiyasidagilar esa bu kabi o‘zgarishlarning barini kompaniya rahbarining ish tartibi tig‘iz va murakkab ekanligi bilan izohlamoqdalar.

Bir necha kun avval aniqlanishicha, Xitoy hukumati Jek Ma biznesi ustidan nazoratni kuchaytirishni istamoqda. Davlat rahbariyati Alibaba Group’ning moliyaviy bo‘linmasi – Ant Group alohida ajralib chiqishiga erishmoqchi; bu esa, o‘z navbatida, Jek Ma loyihalarida davlat ishtirokining oshuviga xizmat qiladi.

O‘QING: Alibaba rahbari endi Xitoyning eng boy odami emas