«Humo» va «Uzcard» integratsiyalashtiriladi
«O‘zbekiston Respublikasida «Yashirin iqtisodiyot» ulushini qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (394-son, 20.06.2020 y.) qabul qilindi.
O‘QING: O‘zbekistonda endi «Yandeks.Dengi» hamyonlarni to‘ldirish va identifikatsiya qilish mumkin!
Qaror bilan «Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlanib, qator tadbirlarni amalga oshirish belgilandi. Jumladan:
- aholi uchun iste’mol kreditlari ajratish tartibi yanada soddalashtiriladi va takomillashtiriladi;
- barcha kadastr hujjatlari raqamlashtiriladi;
- «Humo» va «Uzcard» to‘lov tizimlarini integratsiyalashtiriladi;
- QR-kod orqali amalga oshiriladigan to‘lovlarning ommabopligi oshiriladi va ko‘lami kengaytiriladi;
- moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi muqobil tashkilotlar rivojlantiriladi, «Nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
O‘QING: Uzcard nazorat paketining asosiy qismi Oybek Tursunovga o‘tdi