Humo va Uzcard o‘zaro integratsiyalanadi, ammo birlashtirilmaydi

  •   DiMaX
  •  630
  •  12.09.2020 14:47

Humo va Uzcard o‘zaro integratsiyalanadi, ammo birlashtirilmaydi

Humo va Uzcard kartalari o‘zaro integratsiyalanadi, ushbu karta egalari ikkala to‘lov tizimining bankomatlari va terminallaridan foydalanishlari mumkin. Bu haqda Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.

O‘QING: Uzcard bosh direktori almashdi

«Markaziy bank sifatida bizning maqsadimiz monopol tashkilot yaratish emas, bizning maqsadimiz bu ikki tizim o‘rtasidagi raqobat asosida elektron hisob-kitob tizimini rivojlantirishdir. Bizda bozorning ushbu ikki ishtirokchisini birlashtirish rejalari ham yo‘q. Bilamizki, birlashsak, bozor sharoitlarini belgilab qo‘yamiz. Aksincha, ularning bozor talablari asosida rivojlanishini istaymiz», – dedi Mamariso Nurmuratov.

Mamarizo Nurmuratovning so‘zlariga ko‘ra, raqobat va bozorni rivojlantirish uchun ikkita to‘lov tizimi bitta tizimga birlashtirilmaydi.

O‘QING: Smartfonlarni UZIMEI tizimida noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazib kelgan jinoiy guruh fosh etildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!