Huquqbuzarliklar endi dronlar yordamida aniqlanadi

  •   DiMaX
  •  715
  •  29.12.2020 10:34

Huquqbuzarliklar endi dronlar yordamida aniqlanadi

2021 yil 1 yanvardan boshlab Farg‘ona viloyatida yo‘l harakati qoidalariga va jamoat joylarida tibbiy niqob rejimiga rioya etilishi ustidan dronlar yordamida nazorat o‘rnatiladi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi, deb yozadi Sof.uz.

O‘QING: «Kamikadze» dronlarni yoppasiga otuvchi qurilma chiqdi (video)

2021 yilning 1 yanvaridan Farg‘ona viloyatida qoidabuzarliklarni aniqlashda dronlardan foydalaniladi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qurilmalar yordamida kun-u tun patrullik tashkil etilib, belgilangan tezlikka, yo‘l chiziqlariga, svetofor ishoralariga amal qilmagan, piyodalar o‘tish joylarida piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilar, shuningdek, jamoat joylarida tibbiy niqobdan foydalanmagan hamda jamoat tartibini buzgan fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik fiksatsiya qilinadi.

 «Hurmatli fuqarolar, maqsadimiz sizlarni jarimaga tortib, moliyaviy ziyon yetkazish emas. Aksincha, inson hayoti va sog‘lig‘iga daxldor bo‘lgan qoidalarga amal qilishingizni ta’minlashga qaratilgan», – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 17 oktyabrdan e’tiboran, Farg‘ona viloyatida jamoat joylarida niqobsiz yurgan fuqarolar kameralar yordamida aniqlanib, jarimaga tortilmoqda.

O‘QING: Yana bitta soha xodimlariga drondan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin