Hyundai quyosh panelli avtomobil ishlab chiqardi

Hyundai quyosh panelli avtomobil ishlab chiqardi

Hyundai kompaniyasi Sonata nomli gibrid avtomobilining tomiga quyosh paneli o‘natilgan yangi talqinini yaratdi. Bu panellar akkumulyator quvvatlanishiga qo‘shimchasifatidax xizmat qiladi.

Koreys kompaniyasining ta’kidlashicha, agar quyosh panelidan kuniga olti soatdan foydalanilsa, avtomobil talab qiladigan quvvatning 60% ini ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi. Panellar mashinaning 1,300 km yo‘l bosib o‘tishiga yetarli energiya ishlab chiqara oladi, deya qo‘shimcha qilindi. Kompaniya, shuningdek, boshqa avtomobillari tomiga ham quyosh paneli o‘rnatnoqchiligini ma’lum qildi. Biroq bu boshqa modellarda qo‘shimcha jihat sifatida tatbiq qilinadi. Ya’ni Hyundai'ning boshqa modelli avtomashinalarining ikki: quyosh panelli va panelsiz versiyalari mavjud bo‘ladi.

Avtomibillarga energiya ishlab chiqara oladigan panellar o‘rnatish yoqilg‘i samaradorligini oshirib, havoga karbonat angidrid gazining chiqarilishini kamaytiradi. Kompaniyadagilar, shuningdek, o‘rta hajmli Sonata'da energiyadan imkon qadar samarali foydalanishni ta’minlovchi takomillashtirilgan dvigatel nazorati tizimi ham bo‘lishini aytmoqda. Digital Trends yangiliklar sayti jurnalisti Stiven Edelshteyn (Stephen Edelstein) shunday yozadi: "Sonata kabi gibridlarda to‘liq elektrlashgan avtomobillardagiga qaraganda kichikroq akkumulyator bo‘ladi, shuning uchun quyosh panelli tom avtomobilni zaryadlash borasida tub burilish yasaydi. Quyosh panellari mashina narxini balandroq, vaznini esa og‘irroq qilib yuboradi. Biroq ularning qanchalik samarador ekanligi noma’lum".

Hyundai ikkinchi avlod yarim shaffof quyosh panellari ustida ham ishlamoqda. Bu panellar avtomobil saloni yorug‘roq bo‘lishi uchun yorug‘lik o‘tkaza oladi.

Quyosh panelli Sonata Shimoliy Amerika va Koreyada sotuvga qo‘yiladi. Kompaniya uni boshqa hududlarda sotishni rejalashtirayotgani yo‘q. Uning narxi ham ma’lum qilinmagan.

Avtomobil ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar jamiyati (SMMT) o‘tgan oyda e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada kamroq karbonat angidrid chiqaruvchi va gibrid avtomobilar savdosi oxirigi ikki yildan ortiqroq davr ichida birinchi marta pasaydi.
SMMT bunda qonunlarning chigal ekanligi hamda gibridlar uchun subsidiyalarning muddatidan oldin olib tashlanganligini aybdor qilib ko‘rsatmoqda.

Hyundai mashinalar tomiga quyosh paneli o‘rnatgan birinchi kompaniya emas. Quyosh energiyasida harakatalana oluvchi avtomobillar sirasiga Toyota Prius hamda lyuks-klass Karma Revero'lar ham kiradi. Ularning panelsiz versiyalari ham mavjud.


Bundan tashqari, ayni damda Lightyear ("Yorug‘lik yili") golland startapi tomida va old kapotida quyosh paneli o‘rnatiladigan elektromobil ustida ishlamoqda.

Lightyear One mashinasi 2021-yilda sotuvga chiqadi va narxi 149,000 yevro bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Teslaʼning bizga keragi yo‘q – endi Andijonda ham elektromobil ishlab chiqariladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.