Ichkarida nima bor: Yer yadrosi haqida

  •   Saroy
  •  3695
  •  23.10.2018 11:29

Ichkarida nima bor: Yer yadrosi haqida

Ona sayyoramizning yadrosi qattiq ekani allaqachon isbotlangan.

Avstraliyalik olimlar yer yadrosida suriladigan to‘lqinni aniqlashga muvaffaq bo‘ldilar. Mazkur kashfiyot Yer sayyorasining yadrosi suyuq emas, aksincha qattiq ekanini tasdiqlaydi. Chunki bunday o‘zgaruvchanlik faqat qattiq jismda tarqala oladi. Ushbu kashfiyot mualliflari Avstraliya milliy universiteti olimlari Xrvoye Tkalchich va Txan-Son Pxamlarning ta’kidlashicha,   o‘zining elastikligi va boshqa jihatlari bilan Yer yadrosi oltin yoki platinani eslatadi.

O‘QING: Yer sayyorasining dastlabki davrlari: hayot to‘q qizil rangda kechgan

Ko‘pchillik olimlar tomonidan yerning yadrosi qattiqligi XX asrning birinchi yarmida aytilgan edi. Lekin suriladigan to‘lqin bu fikrlarni  to‘g‘ridan tog‘ri tasdiqlay olmaydi. Tkalchich va Txan-Son Pxam ularni to‘lqinlanadigan maydonni korreleyasiya qilish usuli bilan qayd etishgan. Zilziladan keyin ikkita seysmodatchiklar yordamida ma’lumotlarning bir-biriga mosligi baholanadi va shular asosida korrelogramm yaratiladi. Olimlarning o‘zlari bunga «Yerning seysmik qolipi» deb tavsif berishmoqda.

Ushbu yangi ma’lumotlar geofiziklarning sayyoramiz evolyusiyasiga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirishga qodir. «Ichki yadroni vaqt kapsulasi, deyish mumkin. Uni tushunganimizdan keyin Yer qanday shakllanganini tushunamiz», — deydi Tkalchich.

O‘QING: Yer Quyoshga maksimal darajada yaqinlashadi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!