Ichki ishlar vaziri ijtimoiy tarmoqlarni muntazam kuzatib kelmoqda

  •   DiMaX
  •  2440
  •  16.01.2019 13:28

Ichki ishlar vaziri ijtimoiy tarmoqlarni muntazam kuzatib kelmoqda

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yishga harakat qilinmoqda. Buni Ichki ishlar vaziri O‘zA muxbiri bilan suhbati davomida ta’kidlagan.

O‘QING: IIV 1 noyabrdan internetni tunu kun kuzatmoqda

Xabarga ko‘ra, hududlarda Ichki ishlar vazirining sayyor qabullari tashkil qilinib, muammolar hududning o‘zida o‘rganilmoqda. 2018 yilda 6 ming 200 dan ziyod fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, 3 ming 504 nafar fuqarolarning murojaatlaridagi masalalar ijobiy hal etilgan.

Shu bilan birga, 86 ming 523 nafar fuqarolar ichki ishlar organlarining rahbarlari tomonidan shaxsan qabul qilingan. Tizim bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning 393 ming 493 murojaati ko‘rib chiqilgan.

Internet tarmoqlarida vazirlik, uning sohaviy xizmatlari hamda tarkibiy bo‘linmalarining veb-saytlari, Facyebook, Telegram sahifalari ochilishi orqali fuqarolarimiz ortiqcha ovoragarchiligining oldi olinib, ularga o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan tezkorlik bilan malakali ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.

O‘QING: Endi metroga kirishda IIB xodimlari turmaydi!

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida, aholi gavjum bo‘lgan joylarga hududlardagi ichki ishlar bo‘linmalari rahbarlarining telefon raqamlari mavjud ma’lumotlar o‘rnatildi.

Jamoatchilik yordamida aholi bilan bevosita muloqotning yo‘lga qo‘yilishi, sektorlarga jalb qilingan xodimlar tomonidan fuqarolarning muammolarini ular murojaat qilishidan oldin aniqlab, bartaraf etish choralari ko‘rilgani natijasida murojaatlar soni 127 mingtaga kamaygan.

Shuningdek, Ichki ishlar vaziri O‘zA muxbiri bilan suhbati davomida: «Biz internet tarmoqlarini muntazam ravishda kuzatib borib, ichki ishlar xodimlariga nisbatan bildirilgan har bir fikrning asosliligini tekshirib, sinchkovlik bilan o‘rganamiz. Safimizni nopok xodimlardan tozalashga qaratilgan tadbirlar kelgusida ham qat’iyatlilik bilan davom ettiriladi», degan.

O‘QING: O‘zbekistonlik Facebook foydalanuvchisi bo‘htoni uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.