Ichki ishlar vazirligi: Telegram’da pul ishlayman deb, bor pulingizdan ham ayrilmang! (+video)

  •   DiMaX
  •  1141
  •  23.11.2020 17:34

Ichki ishlar vazirligi: Telegram’da pul ishlayman deb, bor pulingizdan ham ayrilmang! (+video)

Biz yurtimizda uchrab turgan, plastik karta bilan bog‘liq firibgarlik holatlari haqida oldin ham bir necha bor yozganmiz. Ichki ishlar vazirligi shu yo‘nalishdagi yana bir jinoyatni fosh etganini e’lon qildi.

O‘QING: Firibgarlar qarmog‘i. Plastik kartadagi pullaringiz joyidami?

Buxoroda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarni chuv tushirib, plastik kartasidagi mablag‘larini o‘g‘irlik yo‘li bilan egallab olgan andijonlik virtual jinoyatchilar qo‘lga olindi, deyiladi unda.

Jinoyatning qanday amalga oshirilganligi haqida esa quyidagi lavhada, ayblanuvchining o‘z og‘zidan eshitishingiz mumkin:

Bu turdagi va umuman plastik kartadan pul yechib olinishi bilan bog‘liq jinoyatlar qurboni bo‘lib qolmaslik yo‘llari esa quyidagi xabarimizda bayon etilgan:

O‘QING: «Gruppaga odam qo‘sh va pul ishla»: internet-firibgarlarning yangi turidan saqlaning!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.