Ichki ishlar vazirligi YHXB platformasi buzilishi bo'yicha rasmiy munosabat bildirdi

Ichki ishlar vazirligi YHXB platformasi buzilishi bo'yicha rasmiy munosabat bildirdi

Bir necha soat avval Terabayt.Uz sayti o'zining rasmiy Telegram sahifasida YHXB sayti buzilganligi haqida eng birinchi bo'lib xabar bergan edi. Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi esa keltirilgan ma'lumotlar haqiqatga mos kelmasligini aytib, ularning noto'g'ri ekanligini tasdiqladi.

Ma'lum bo'lishicha, hozirgi kunda Toshkent shahar IIBB YHXB sayti mavjud emas. 2018-yilda IIBB YHXB saytini yuritish uchun test rejimida platforma ishlab chiqilgan, lekin o‘rnatilgan talablarga, shu jumladan xavfsizlik normalariga javob bermaganligi uchun sayt faoliyati to‘xtatilgan.

"Ichki ishlar vazirligining barcha rasmiy resurslarini xavfsizligi to‘liq ta’minlangan" deyiladi xabarda.

O'QING: Tesla o'zining simsiz quvvatlash platformasini sotuvga chiqardi