«ICT FORUM 2017» AKT-Forum ma’ruzalar qabuli boshlanganligi haqida e’lon qiladi

«ICT FORUM 2017» AKT-Forum ma’ruzalar qabuli boshlanganligi haqida e’lon qiladi

20 va 21 sentyabr kunlari «O‘zekspomarkaz» anjumanlar zalida uzoq kutilgan AKT O‘zbekiston Haftaligi – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ICT FORUM 2017 Forumi bo‘lib o‘tadi.

Forum o‘tkazilishining asosiy maqsadi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kuzatilayotgan so‘nggi tendensiyalarni muhokama qilish uchun ekspertlar maydonchasini tashkil etish. Forum bloklar ko‘rinishidagi anjumanlar, bo‘limlar ko‘rinishidagi yig‘ilishlar hamda mahorat saboqlari va interaktiv munozaralar shaklida bo‘lib o‘tadi.
Salohiyatli ma’ruzachilar elektron hukumat, axborot xavfsizligi, moliyaviy sektorni raqamlashtirish va “bulutli” texnologiyalar kabi mavzularni yoritib berishlari kutilmoqda. 

«Elektron hukumat» tizimi faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzada katta hajmdagi ma’lumotlardan (xizmatlar sifatini yaxshilash, ochiq ma’lumotlar, «aqlli» shaharlar) foydalanish, davlat xizmatlari (BPR, ma’muriy jarayon, davlat xizmatlarini rivojlantirish instituti) tartibini takomillashtirish, davlat xizmatlarining sifatini baholash, idoralararo elektron hamkorlikning yagona tizimi to‘g‘risidagi mavzular muhokamasi va AKT orqali aholi bilan muloqot rejalashtirilgan. Shu mavzular haqidagi ma’ruzalarni 20 sentyabr kuni soat 09.30 dan 13.30 gacha tinglash mumkin.

Moliyaviy sektorni raqamlashtirishga oid mavzu muhokamasi chog‘ida, ma’ruzachilar onlayn–banking va to‘lov tizimlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali to‘lov, banklar uchun “bulutli” yechimlar, blokcheĭn va shunga o‘xshash boshqa mavzularni yoritishlari ko‘zda tutilgan. Ushbu mavzularni qamrab olgan majlis 20 sentyabr kuni soat 14.00 dan 18.00 gacha bo‘lib o‘tadi.

AT infrastrukturasi bo‘limida “bulutli” texnologiyalar, ma’lumotlar xavfsizligi va “bulutli” platforma, xizmat ko‘rsatish yondashuvi, keng polosali aloqa liniyalari infratuzilmasini rivojlantirish, simsiz va mobil aloqalar, shuningdek ko‘plab shu sohaga tegishli dolzarb masalalar haqida ma’ruzalar taqdim etiladi. Ma’ruzachilar 21 sentyabr kuni soat 09.30 dan 13.30 gacha bu borada o‘z fikrlarini bildiradilar.

Shuningdek, axborot xavfsizligiga bag‘ishlangan qismda infratuzilma va axborot tizimlarini himoya qilish, axborot xavfsizligi sohasida zamonaviy yechimlar va texnologiyalar, “Buyumlar interneti” uchun xavfsizlik yechimlari, DdoS-hujumlardan himoya va boshqa ko‘plab mavzulardagi ma’ruzalar taqdim etilishi kutilmoqda. Ma’ruzalar vaqti 21 sentyabr soat 14.00 dan 18.00 gacha davom etadi.

Ma’ruzalar tezislar ko‘rinishida ko‘rib chiqiladi (A4 formatidagi bir varaq), o‘rinli baho berish uchun ular qisqa, ammo yetarli tafsilotga ega bo‘lishi lozim. Tezislar  2017 yilning 15 avgustiga qadar qabul qilinadi.
Qabul xabarnomasi ICTWEEK Uzbekıstan – 2017 tashkiliy qo‘mitasi tomonidan 2017 yilning 1 sentyabr kunigacha ma’ruzalar mualliflariga yuboriladi.

O‘zbekiston AKT Haftaligi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy ko‘magi bilan o‘tkaziladi.

Tadbir tashkilotchisi – ICTNEWS Conferences.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!