«ICTWEEK Uzbekistan 2019» - AKT haftaligini o‘tkazib yubormang!

«ICTWEEK Uzbekistan 2019» - AKT haftaligini o‘tkazib yubormang!

2019 yil 24-27 sentyabr kunlari O‘zbekistonda, yilning eng yirik axborot texnologiyalari sohasidagi voqeasi - har yili o‘tkaziladigan ICTWEEK Uzbekistan 2019 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bir qator tadbirlarni birlashtiradi:

  • Media OAV vakillari uchun matbuot anjumani;
  • AT kompaniyalarining ko‘rgazmasi – ICTEXPO 2019
  • Forum - "DIGITAL UZBEKISTAN";
  • Forum - "Axborot texnologiyalari va ShHTning innovatsion rivojlanishi" ga oid tadbir.

An’anaga ko‘ra, ICTWEEK 2019 ommaviy axborot vositalari vakillari uchun, O‘zbekiston AKT sohasidagi hozirgi yangiliklar, haftalik tadbirlari, ishtirokchilari va dasturiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etadi. Matbuot anjumanida jurnalistlar akkreditatsiyadan o‘tishadi, shu qatorda tadbirda qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin. Anjuman yakunida ICTWEEK qatnashchilari, tashkilotchilari va hamkorlari bilan suhbatlashadi.

ICTFORUM - bu axborot texnologiyalari sohasidagi, hozirgi tendensiyalarni muhokama qilish uchun noyob yekspert platformasi.

Forum - mamlakatimiz axborot texnologiyalari AKT ni rivojlantirishga qaratilgan strategik qarorlar va dasturlarni ishlab chiqishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Forum qarama-qarshiliklarni tahlil qiladi, rivojlanish salohiyati va uni amalga oshirish imkoniyatlarini baholaydi.

ICTFORUM panelidagi muhokamalar, mamlakatning axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga qaratilgan strategik qarorlar va dasturlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Forum qarama-qarshiliklarni tahlil qiladi, rivojlanish salohiyati va uni amalga oshirish imkoniyatlarini baholaydi.

Unga davlat organlari rahbarlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, xalqaro ekspertlar va tahlilchilar, yirik mahalliy va xorijiy IT-kompaniyalar vakillari taklif etiladi.

 Forumning dasturiy qo‘mitasiga yetakchi IT-kompaniyalar vakillari, soha mutaxassislari va xorijiy ma’ruzachilar taklif qilingan.

 Agar ICTFORUM raqamlarga aylantirilsa, har yili tadbirga 500 dan ortiq kishi tashrif buyuradi, turli xil taqdimotlar bilan qiziqarli mavzularda 100 dan ortiq ma’ruzachilar ishtirok yetadi.

 ICTFORUM ishtirokchilarining muloqotlari - blok konferensiyalari, sessiyalar, master-klasslar va panelli munozaralar ko‘rinishida amalga oshiriladi. 2018 yildan beri Forum DIGITAL UZBEKISTAN nomi ostida o‘tkazib kelinmoqda

“ShHTning axborot texnologiyalari va innovatsion rivojlanishi“ Forumi ishtirokchilari - xorijiy davlatlar, ShHT mamlakatlarining diplomatik vakillari, davlat organlari rahbarlari va vakillari, O‘zbekiston va xorijiy IT-kompaniyalar, jamoat va ilmiy tashkilotlar - ShHT mamlakatlarida axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muammolarni muhokama qilish va yechimini topish niyatidalar.

Tadbir tashkilotchilarining ta’kidlashicha, Forumning yeng muhim vazifalaridan biri bu milliy va mintaqaviy miqyosda AKT sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha, davlat organlari va IT-biznes vakillari, shuningdek yekspertlar hamjamiyatining holatini shakllantirishdan iborat.

ICTWEEK Uzbekistan 2019 AKT sohasidagi asosiy namoyish maydonchasi - ICTEXPO 2019 ko‘rgazmasi.

Ko‘rgazma maydoni 3000 kvadrat metrni tashkil yetib, unda 100 dan ortiq ishtirokchilar o‘z ishlanmalarini taqdim yetadilar, shu jumladan mahalliy sanoat vakillari, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston va boshqa xorijiy kompaniyalari.

ICTEXPO 2019 ga tashrif maqsadi, qisqa vaqt ichida bozorning katta qismini qamrab olish, AKTning so‘nggi yangiliklari bilan tanishish, taklif qilingan yechimlarni taqqoslash va yeng maqulini tanlash, yangi aloqalarni o‘rnatish va yeski biznes aloqalarini mustahkamlash uchun imkoniyatdir.

Ko‘rgazmada ishtirok yetish bir vaqtning o‘zida ko‘plab biznes muammolarini hal qilishga imkon beradi. Bu bizning mijozlar bazamizni kengaytirish va savdo hajmini oshirish, bilim va tajriba almashish uchun ajoyib imkoniyat, bu yangi g‘oyalar va kashfiyotlar. Bundan tashqari, ko‘rgazma yeng samarali marketing vositasi bo‘lib, u kompaniyaning obro‘sini oshirish, brendni tan olish va ijobiy idrokni oshirishga imkon beradi.

 Ko‘rgazma yoki Forumga tashrif buyurish uchun siz www.ictweek.uz rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz, QR kodini olishingiz mumkin. Hamda tadbir kuni ro‘yxatdan o‘tish zonalaridan foydalanishingiz mumkin.

ICTWEEK Uzbekistan 2019 natijalari yopilish marosimida e’lon qilinadi, unda turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida o‘tkaziladi. ICTWEEK Uzbekistan 2019 tashkilotchilari ICTNEWS Conferences (CIB GROUP MChJ).

Tashkilotchilar:

ICTNEWS Conferences

+99895 144 04 40

+99895 142 44 42

[email protected]

www.ictweek.uz

O‘QING: Berlindagi IFAdan O‘zbekistondagi ICTWEEKgacha: Acer 2019 yil taqdimotlarini boshladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!