ID-kartalarning to‘lov miqdori va tayyorlanish muddati ma’lum bo‘ldi (video)

  •   DiMaX
  •  6569
  •  24.09.2020 14:33

ID-kartalarning to‘lov miqdori va tayyorlanish muddati ma’lum bo‘ldi (video)

Kuni kecha xabar berganimizdek, prezident farmoniga binoan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab shaxsni raqamli identifikatsiya qilishning yagona tizimi joriy qilinmoqda. Unga ko‘ra, biometrik pasportlar o‘rniga O‘zbekiston fuqarosining shaxsini va fuqaroligini tasdiqlaydigan elektron tashuvchi qurilmaga ega hujjat sifatida ID-karta joriy etilmoqda.

O‘QING: O‘zbekistonda milliy identifikatsiya tizimi yaratiladi

Ma’lum qilinishicha, hozirgi biometrik pasportlarni rasmiylashtirish muddati 10 ish kuni bo‘lgan bo‘lsa, ID-kartalarni rasmiylashtirish esa 1 ish kunida amalga oshiriladi.

ID-karta quyidagi muddatlarga beriladi:

  • yangi tug‘ilgan bolaga bir yoshgacha – 2 yil muddatga;
  • bir yoshdan 16 yoshgacha – 5 yil muddatga;
  • 16 yoshdan boshlab – 10 yil muddatga.

ID-kartani rasmiylashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizi, ya’ni 198 ming 470 so‘m (22.09.2020 holatiga ko‘ra) miqdorida to‘lov undiriladi.

O‘QING: Nihoyat, IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha AKT vazirligi Bayonot berdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!