ID-kartali haydovchi YPX xodimiga ushbu hujjatlarni ko‘rsatishi shart emas! (+video)

  •   DiMaX
  •  681
  •  19.05.2021 17:29

ID-kartali haydovchi YPX xodimiga ushbu hujjatlarni ko‘rsatishi shart emas! (+video)

Vazirlar Mahkamasining qaror bilan 1 sentyabrdan boshlab ID-kartalari mavjud haydovchilardan ayrim hujjatlar talab qilinmaydi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

O‘QING: Bu operator xizmatlariga endi ID-karta yordamida ham ulana olasiz!

Qarorga ko‘ra, haydovchining ID-kartasi bo‘lsa, quyidagi hujjatlarni undan talab etish tartibi bekor qilinadi:

  • avtomototransport vositasini boshqarish uchun notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma;
  • avtomototransport texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
  • avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga, ya’ni qoraytirishga ruxsatnoma.

Ma’lum qilinishicha, IIV YHXBB tomonidan «e-Protokol» axborot tizimi takomillashtirilib, yo‘l patrul xodimlariga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan planshetlar yordamida ID-kartani o‘qish orqali fuqaroning ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratildi.

O‘QING: Ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotni endi tez va bepul – onlayn tarzda olishingiz m

19 maydan boshlab ID-karta yordamida tekshirish amaliyoti Toshkent shahrida sinov tariqasida joriy etildi.

«ID-karta orqali tekshirilganda, ma’lumotlar aniqlanmagan yoki tizimda uzilishlar bo‘lgan holatlarda barcha haydovchilardan inspektorga ushbu hujjatlarni aslini taqdim etishilarini, shuningdek vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘rab qolamiz», – deyiladi xabarda.

O‘QING: ID-karta – universal pasport: barcha ma’lumotlar bitta kartada (+videoqo‘llanma)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!