IFA-2016: Alcatel avtonom VR-shlemni taqdim qildi

IFA-2016: Alcatel avtonom VR-shlemni taqdim qildi

Ayni vaqtda sanoatda mavjud virtual reallik shlemlari ikki xil toifaga bo‘linadi: Oculus Rift yoki HTC Vive kabi shlemlar kompyuterga ulangan holda ishlatilsa, Samsung Gear VR yoki Google Cardboard shlemlari smartfon bilan birga qo‘llaniladi.

sm.DSC_2834.750

Ayni paytda Berlinda o‘tkazilayotgan IFA-2016 ko‘rgazmasida TCL Communication kompaniyasi Alcatel Vision brendi ostida kompyuter va smartfonga ulanmasdan avtonom rejimda ishlaydigan VR-shlemni namoyish qildi. Shlem tarmoqqa ulanish uchun LTE va Wi-Fi modullariga ega, shuningdek, Bluetooth aloqasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

 

Alcatel Vision shlemiga har biri 3,8 dyuym bo‘lgan Full HD aniqligidagi ikkita AMOLED ekran o‘rnatilgan, qurilma 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega. Bundan tashqari, akselerometr, giroskop va yaqinlik sensori bilan ta’minlangan. Akkumulyator sig‘imi -3200 mA/st. Gadjetdan foydalanish qulay bo‘lishi uchun batareyani shlemning orqa tarafiga o‘rnatishgan. Avtonom ishlash vaqti 3 soatni tashkil etadi.

sm.DSC_2832.750

Alcatel Vision shlemining namoyish burchagi – 120˚, to‘xtatish koeffitsiyenti – 20 ms. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, har ikkala birlik ayni vaqtda shlemlar bozoridagi yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Shlem Android operatsion tizimida ishlaydi.

sm.DSC_2833.750

TCL kompaniyasi shlemning tashqi dizaynini yanada kuchaytirishini ma’lum qilgan. Alcatel Vision shu yilning 4-choragida Xitoyda sotuvga chiqariladi. Taxminiy narxi – 500-600 dollar.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!