IFA – 2016: Samsung Gear S3 Classic va Gear S3 Frontier

IFA – 2016: Samsung Gear S3 Classic va Gear S3 Frontier

Berlinda boshlangan IFA – 2016 ko‘rgazmasida Samsung kompaniyasi Gear S3 Classic va Gear S3 Frontier soatlarini namoyish qildi. Smartvotchlar kompaniyaning Tizen operatsion tizimida ishlaydi. Qurilmalar 46 mm kenglikdagi korpus va 360×360 piksel aniqligidagi 3-dyuymli Super AMOLED displeyiga ega.

“Aqlli” soatlar 1 GGs chastotada ishlaydigan ikki yadroli protsessor, 768 MB tezkor xotira va 4 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan. Bunday hajmdagi doimiy xotiraga bir qancha fayllarni, jumladan, musiqalarni saqlash mumkin.

Modellarga Wi-Fi, Bluetooth, GPS, NFC modullari va hatto barometr o‘rnatilgan. Korpuslar IP68 standarti bilan himoyalangan bo‘lib, suv va chang hamda harorat pasayishlari chidamli.

Ishlab chiqaruvchining aytishicha, soatlarning zaryadi 3-4 kun avtonom ishlashga yetarkan. Soat displeyiga kerakli axborotlarni doim ko‘rsatib turadigan Always on texnologiyasi joriy etilgan. Ushbu rejim displeydagi barcha ranglarni aks ettirishga qodir (Gear S2 soatida faqat 8 rang ko‘rsatilgan).

Ikkala versiya zanglamas po‘latdan tayyorlangan, biroq dizayn va rang borasida farqlanadi.

Gear S3 Frontier versiyasida 3G/LTE texnologiyalari qo‘llab-quvvatlanadi.

Qurilmalar Yevropada 399 yevro narxida taklif etiladi, sotuvga yil oxirigacha chiqarilishi rejalashtirilgan.