IFA 2018: Eng qudratli – 7 nanometrlik ilk protsessorni Huawei taqdim etdi!

  •   DiMaX
  •  1058
  •  03.09.2018 16:06

IFA 2018: Eng qudratli – 7 nanometrlik ilk protsessorni Huawei taqdim etdi!

Germaniya poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan IFA 2018 anjumani doirasida xitoylik texnogigant o‘zining Kirin 980 rusumli yangi protsessorini namoyish etdi. U 7 nanometrlik texnologik jarayonga asoslangan dunyodagi birinchi protsessor hisoblanadi.

O‘QING: Huawei hozirgilaridan naq ikki karra kuchli protsessor tayyorlamoqda!

Aytish kerakki, 7 nanometrlik texnologik jarayon chipdagi bir kvadrat santimetr maydonga 6,9 milliard dona tranzistor joylashtirishga imkon bergan. Bu esa oldingi avlod protsessor ko‘rsatkichlaridan 1,6 karraga ko‘pdir. Mazkur texnologiya chipning samaradorligini 7 nanometrlik jarayondagiga nisbatan 20 foizga, uning quvvat tejamkorligini esa 40 foizga oshirgan.

Shuningdek, Kirin 980 protsessori birinchi bo‘lib Cortex-A76 yadrosiga ega bo‘lgan; bu yadro esa avvalgi «ajdod»iga nisbatan 75 foizga samarador va 58 foizga tejamkor. Xullas, yangi chip ikkita samarador Cortex-A76, ikkita tejamkor Cortex-A76 va ikkita o‘ta tejamkor Cortex-A55 yadrolarini o‘zida jamlagan.

Protsessorga integratsiya qilingan Mali-G76 grafik tezlatgichi esa oldingi avlod grafik chipdan 46 foizga samarador va naq 178 foizga tejamkordir. Bundan tashqari, mazkur chip smartfondagi o‘yin vazifalarini aniqlashtirish va resurslarni ularga moslashtirish uchun «sun’iy aql»ga ham ega.

O‘tgan yilgi Kirin 970 protsessori neyronli hisoblash moduliga (Neural Processing Unit) ega ilk chip bo‘lgan bo‘lsa, Kirin 980 modelida endi «sun’iy idrok» imkoniyatlarini yaxshilash uchun ikkita NPU qo‘llangan. Shuning evaziga yangi protsessor bir daqiqada 4600 tagacha tasvirlarni taniy oladi; bu esa bulturgi «ajdod»iga nisbatan 120 foizga ortiq natijadir.

O‘QING: Huawei bu yil Kirin chipi va GPU Turbo bilan ta’minlangan smartfon chiqaradi

Bulardan tashqari, Kirin 980 chipi jamlanmasidagi modem LTE Cat.21 standartini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa mazkur protsessor bazasidagi smartfonning 1,4 Gbit/soniyagacha tezlikda ma’lumot almashishini ta’minlaydi.

Kirin 980 bazasidagi ilk smartfonlar shu yilning oktyabrida taqdim etiladigan Huawei Mate 20 turkumi modellari bo‘ladi.

O‘QING: «To‘rt ko‘zli» Huawei Mate 20 Lite rasman namoyish etilmay turib savdoga chiqdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!