IFA 2018: ko‘rgazmaning eng asosiy gadjet va texnologiyalari

  •   Saroy
  •  947
  •  06.09.2018 15:59

IFA 2018: ko‘rgazmaning eng asosiy gadjet va texnologiyalari

IFA 2018 xalqaro ko‘rgazmasi nihoyasiga yetdi, endi xulosaga navbat. Quyida ko‘rgazmaning asosiy voqeasiga aylangan ishlanmalardan namunalar keltirildi.  Sony’dan kutilmagan flagman, LG va Samsung kompaniyalardan ilk 8K televizorlari,  Huawei’dan innovatsion chip. bu gadjetlar va texnologiyalar yaqin yillarda hammaning og‘ziga tushadi.

Smartfonlar

Yangi Sony Xperia XZ3 flagmani  Xperia XZ2’ning yengil varianti bo‘lib ko‘rinadi, ammo hamma yangilik uning ichida: «sezuvchi» granlar paydo bo‘lgan, suratga olish sifati oshgan, mutlaqo yangi 2K OLED displeyi dunyoda eng zo‘ri hisoblanadi.

Haqiqatan ham ushbu gadjet ajoyib chiqarilgan va juda chiroyli ishlangan. Bemalol  Samsung Galaxy S9 bilan bellasha oladi. Narxi Yevropada — 799 yevro. Samsung Galaxy S9  boshida 50 yevroga qimmat edi.

Xitoyning ZTE kompaniyasi AQShning sanksiyalaridan qutilib, o‘zining ZTE Axon 9 Pro flagmani bilan  IFA 2018 ko‘rgazmasiga  dadil kirib keldi. Tashqi tomondan u iPhone X nusxasi, ichida esa qimmat Snapdragon 845.

Yevropada  ZTE Axon 9 Pro  650 yevro —  qimmat, aobatta.

Noutbuklar

Siz o‘ylaysizki,  qalin-yupqaligi  bilan faqat smartfonlar bahslashadi deb. Aslo unday emas,  noutbuklar ham bu borada bir-biri bilan raqobatga kirishgan. ASUS ultrabuklarning yangilangan lineykasini namoyish qildi. ASUS Zenbook 13, 14 va 15 dunyodagi eng yuqori nisbatdagi ekran maydoni bilan maqtana oladi.  Old paneli — 95%! Hatto  Huawei Matebook X ham undan 4 foizga ortda qoldi.

Yangi Zenbook’ning yana bir zo‘r jihati — infraqizil kamerasidir (qorong‘uda yuzga qarab blokdan yechadi) va tachpadda virtual raqamli blok

Lenovo’da rokirovka amalga oshirildi:  YOGA lineykasi endi qimmat ultrabuk va transformerga aylandi. Lenovo YOGA C930 — flagman transformeri.

Texnologiyalar

Huawei kompaniyasi Samsung va Apple kompaniyalarni orqada qoldirib, dunyodagi eng birinchi 7 nanometrli Kirin 980. Prsessorini chiqardi.  Bu nima degani? Yuqori ish samaradorligi, kam elektriste’moli, ma’lumotlarni tezkor uzatish. Texprotsessi almashtirilgani muhim qadam bo‘ldi. Kirin 980 da chiqadigan ilk smartfon ham Huawei Mate 20 bo‘lishi kutilmoqda.

Acer Windows Mixed Reality platformasi bilan eksperimentni davom ettiradi. Kompaniya o‘zining aralashtirilgan reallik Acer OJO 500’ning ikkinchi garniturasini namoyish qildi, ilk bor u alohida-alohida. Kimgadir boshqa birov kiygan shlemni kiyish yoqmas. OJO 500 esa oson tozalanadi. Ichida ikkita ekran. Garnituraning narxi 499 yevro.

Audio

Sony WH-1000XM3 simsiz quloqchinlari haqiqiy melomanlar uchun: tashqi ovozlardan to‘liq ajratadi, hatto odam tovushidan ham. WH-1000XM3 avvalgi modeliga o‘xshaydi, lekin yengilroq. 30 soat ishlaydi.

HARMAN kuchli audio-anons o‘tkazdi. Kompaniya Harman Kardon Citation’ning qimmat lineykasini ko‘rsatdi. Bu uy kinoteatr yoki multirum yig‘sa bo‘ladigan 8 ta qurilma hisoblanadi. Barchasi Google Assistant’ni qo‘llab quvvatlaydi.

IFA 2018 ko‘rgazmasida Citation stend-kvartirasi ko‘rsatildi. Juda zo‘r ko‘rinadi: birinchidan, dizayni — mebel kolonkasi bilan. Ikkinchidan, tovush: hatto saundbar va to‘liq akustika devorni zirillatib yuboradi.

Harman Kardon Citation 2019 yilda sotuvga chiqadi. Bir juft Tower 2499 yevroga aylanadi, saundbar — 999 yevro, Citation xablari 399 va 649 yevro tegishlicha.

Televizorlar

Bu yil LG va Samsung bir vaqtning o‘zida ko‘rgazmaga o‘zlarining ilk 8K televizorlarini olib kelishdi.

Samsung bir yo‘la to‘rtta  QLED-paneli Samsung Q900R’ni keltirgan.  Ularning formati: 65, 75, 82 va 85 dyuymli.  8K kontenti hozircha oz. Televizorlar sentyabrda sotuvga chiqadi, narxi noma’lum.

LG ham o‘zining  8K LG OLED TV   qurilmasini namoyish qildi. Unda LG Alpha 9 protsessori o‘rnatilgan. Hozircha sotuvga chiqarilmaydi, shu bois tavsifi ham, narxi ham ma’lum qilingani yo‘q.

 

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!