IFA 2019: SanDisk taqdim etgan 1 terabaytlik SD-karta hatto iPhone’dan ham qimmat!

  •   DiMaX
  •  1212
  •  07.09.2019 10:44

IFA 2019: SanDisk taqdim etgan 1 terabaytlik SD-karta hatto iPhone’dan ham qimmat!

Berlin shahrida bo‘lib o‘tayotgan IFA 2019 ko‘rgazmasida Western Digital kompaniyasi SanDisk brendi ostidagi yangi mahsulotini namoyish qildi. Bu – hajmi bir terabaytlik, SDXC formatidagi eng tezkor xotira kartasidir.

O‘QING: CES 2019 ko‘rgazmasida SanDisk naq 4 terabaytlik USB-fleshka taqdim etdi!

Yangi xotira kartasida ma’lumot o‘qish tezligi 170 MB/soniyagacha, yozish tezligi esa 90 MB/soniyagacha boradi. Bugungi kunda SD-kartalar odatda fotoapparat va videokameralarda qo‘llanadi. Biroq SanDisk taqdim qilgan bu kartaning o‘zi bitta fotokamera bahosida – AQShning o‘zida 499 dollar turadi! Bu narxga yap-yangi iPhone 6S yoki iPhone SE sotib olish mumkin, shundayam simsiz quloqchinga yetadigan pul ortib qoladi!

Aytish kerakki, bir terabaytlik SD-kartani birinchi bo‘lib Lexar kompaniyasi chiqargan va joriy yilning yanvarida, CES 2019 ko‘rgazmasida namoyish etgan. Biroq SanDisk mahsuloti ma’lumot o‘qish tezligi bo‘yicha undan deyarli ikki karra, yozish tezligi borasida esa 20 MB/soniyaga tezkorroqdir.

Yana bir narsani ta’kidlab o‘tish kerak: bir terabaytlik microSD-kartalar ham allaqachon sotuvga chiqqan, ular to‘liq o‘lchamli SD-kartadan 50 dollarga arzonroqdir. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli fleshkalarni 59 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Samsung butun boshli iPad narxida yangi microSD-karta chiqardi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!