IFA 2019'da Huawei Kirin 990 chipi taqdim qilinadi

IFA 2019'da Huawei Kirin 990 chipi taqdim qilinadi

Huawei'ning Kirin 990 chipi IFA 2019 ko‘rgazmasida namoyish qilinishi haqida anchadan beri mish-mishlar tarqalib kelgandi. Berlindagi Messe Hall'da o‘rnatilgan Huawei stendi bu taxminlar rostdan ham to‘g‘riligini tasdqiladi.

Huawei'нинг IFA 2019'даги стенди
Huawei'ning IFA 2019'dagi stendi

Stendda Huawei'ning konferensiya doirasida o‘tkazishni rejalashtirgan namoyishlar uchun maxsus shior: "Evolyusiya haqida yana bir o‘ylab ko‘ring" ("Rethink Evolution"), chipning tasviri (asl hajmida emas) va uning 7 nanometrli FinFET Plus EUV'da ishlashi keltirib o‘tilgan.

Kompaniya, shuningdek, Kirin 990 dunyodagi ilk 5G protsessori bo‘lishini ta’kidlagan. Kuni kecha Samsung ham o‘zining integrallashtirilgan 5G modemga ega Exynos 980'ini namoyish qilgandi. Biroq Huawei Mate 30 ikki hafta ichida taqdim qilinishini inobatga olib aytish mumkinki, xitoyliklarning Kirin'i rostdan ham bozorda ilk 5G SoC yorlig‘iga ega protsessor bo‘ladi.

Kirin 990 Huawei uchun alohida ahamiyatli ekanligining yana bir tasdig‘i o‘laroq, kompaniya butun Xitoydagi OAVlarga IFA 2019'ga kelish uchun taklifnoma yuborgan. Jurnalistlarning Berlindagi taqdimotga guvoh bo‘lishlari uchun taklifnonomalarni tarqatgan kompaniya vakili, ya’ni Huawei Mobile Bosh ijrochi direktori Richard Yu, esa Xitoy telekanallarida ko‘rsatiladi.

Yana bir qiziq jihat shuki, Qualcomm ham IFA 2019'da 5G mavzusidagi o‘z chiqishini o‘tkazmoqda, biroq Huawei'ning taqdimoti Qualcomm'nikidan avval bo‘lib o‘tadi. Umid qilamizki, bu keyingi yilgi integrallashgan 5G modemli Qualcomm Snapdragon flagman chipi haqidagi ilk qisqa ma’lumot bo‘ladi.

Ushbu raqobat iste’molchi uchun ijobiy natijaga ega, sababi raqobat bor joyda o‘sish bo‘ladi.

O‘QING: IFA 2019: Dunyodagi eng qudratli noutbuk taqdim etildi, videokartasining o‘zi 4000 dollar turadi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!