iFixit mutaxassislari Google Pixel XL smartfonini bo‘laklarga ajratishdi

iFixit mutaxassislari Google Pixel XL smartfonini bo‘laklarga ajratishdi

Yangi chiqqan smartfonlarni bo‘laklarga ajratib, ularning ta’mirlanish imkoniyatlarini tekshiradigan va baholaydigan iFixit laboratoriyasining mutaxassislari Google Pixel XL modelini ham sinovdan o‘tkazishdi.

Laboratoriya mutaxassislarining fikricha, mazkur modelni oson ta’mirlash mumkin, asosiy ehtiyot qismlar monoblok shaklida smartfonga joylashtirilgan. Shuning uchun iFixit mutaxassislari Google Pixel XL modelining ta’mirlanish darajasiga yuqori baho berishgan.

Google Pixel va XL smartfonlari Tayvanning HTC kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan. Hi-tech.mail.ru nashrining yozishicha,  aslida HTC faqat mazkur smartfonlar uchun batareyalarni tayyorlagan, operativ xotira va displey Samsung tomonidan yaratilgan.

iFixit mutaxassislari Google Pixel XL smartfoniga eng yuqori 10 balldan 6 ball qo‘yishdi. Taqqos uchun iPhone 7 Plus’ga 7 ball, Samsung Galaxy Note 7 modeliga esa korpusdagi konstruktiv muammolar 4 ball berilgan edi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!