IHT davlatlari orasida ilk bor xalqaro robototexnika musobaqasi Toshkentda o‘tkaziladi

  •   DiMaX
  •  912
  •  10.09.2019 14:29

IHT davlatlari orasida ilk bor xalqaro robototexnika musobaqasi Toshkentda o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan «INNOWEEK» innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Toshkent shahrida «International Robotics Challenge 2019» (IRC 2019) xalqaro robototexnika musobaqasi o‘tkaziladi. Bu xususda mazkur Vazirlik o‘z rasmiy sayti orqali xabar bermoqda.

O‘QING: «Digital Generation Uzbekistan» loyihasi doirasida ishtirokchilar o‘z robotlarini yaratishdi

Musobaqa haqida

«IRC 2019» joriy yilning 27 oktyabrdan 31 oktyabrgacha «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tadi. Musobaqada ikki yosh toifasi mavjud: 9 yoshdan 16 yoshgacha (Junior) va 17 yoshdan 23 yoshgacha (Senior). Har bir yosh toifasi turli tanlovlardan iborat. Musobaqaning umumiy qoidalari va tanlovlar reglamentlari bilan quyida tanishib olishingiz mumkin:

Kegelring, Waste sort out

«Junior» yosh toifasi jamoalari o‘rtasidagi tanlovlar ro‘yxati:

- «Kegelring»

- «Waste sort out»

«Senior» yosh toifasi jamoalari o‘rtasidagi tanlovlar ro‘yxati:

- Robo-Sumo

- Robo-Futbol

«Junior» yosh toifasi uchun:

«Junior» yosh toifasi uchun musobaqa Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ushbu toifada istalgan mamlakat vakillari ishtirok etishlari mumkin. «Kegelring» musobaqasida ishtirokchilar o‘zlari bilan o‘zini-o‘zi boshqaruvchi avtomatik robotlarni olib kelishlari kerak bo‘ladi. «Waste sort out» musobaqasida robotlar masofadan turib boshqariladi. Ikkala musobaqa turida ham robotlar istalgan materialdan yasalishi mumkin, lekin hajm va o‘g‘irlik me’yorlari mavjud. Barcha qo‘yilgan talablar haqida musobaqalar reglamentlari orqali bilib olishingiz mumkin.

«Junior» yosh toifasida ishtirok etmoqchi bo‘lgan mahalliy va chet el nomzodlari ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.

«Senior» yosh toifasi uchun:

«Senior» yosh toifasi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) Ilmiy va texnologik hamkorlik bo‘yicha doimiy qo‘mitasi (COMSTECH) bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, «1st OIC Robotics Challenge Uzbekistan» nomi ostida bo‘lib o‘tadi. Ushbu toifada IHTga a’zo mamlakat vakillari ishtirok etishadi. «Robo-sumo» musobaqasida ishtirokchilar o‘zlari bilan o‘zini o‘zi boshqaruvchi avtomatik robotlarni olib kelishlari talab etiladi. «Robo-futbol» musobaqasida robotlar masofadan turib boshqariladigan bo‘ladi. Ikkala musobaqa turida ham robotlar istalgan materialdan yasalishi mumkin, lekin hajm va og‘irlik me’yorlari mavjud. Barcha qo‘yilgan talablar haqida musobaqalar reglamentlari orqali bilib olishingiz mumkin.

«Senior» yosh toifasida ishtirok etmoqchi bo‘lgan mahalliy nomzodlar – ushbu havola orqali, «Senior» yosh toifasida ishtirok etmoqchi bo‘lgan chet ellik nomzodlar esa mana bu havola orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.

O‘QING: Twitter’ni «portlatgan» video: «Eng odamsimon» robotni siz ham ko‘ring!

Ishtirokchilar

IRC musobaqasi hamma uchun ochiq. Biroq har bir musobaqa turida ishtirok etadigan jamoalar soni uchun cheklov mavjud. Jamoa uch kishidan ko‘p bo‘lmagan bo‘lishi kerak. Har bir jamoa o‘zining yosh toifasidagi barcha musobaqalarda qatnashishi mumkin. Barcha ishtirokchi jamoalar 27 oktyabrdan kechikmay Toshkentga yetib kelishlari lozim. Ishtirok etmoqchi bo‘lgan jamoalar birinchi navbatda yuqorida keltirilgan havolalar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

Tashkilotchilar tomonidan qoplab beriladigan xarajatlar:

- «Senior» yosh toifasidagi chet ellik ishtirok etuvchi jamoa ikki nafar a’zolarining Toshkentga kelish va qaytish xalqaro aviachiptalari (agar jamoada uchinchi ishtirokchi bo‘lsa, uning xarajatlari qoplanmaydi);

- Barcha ishtirokchilar uchun 5 kunlik turar joy (27-31 oktyabr kunlari) va ovqatlanish bilan bog‘liq xarajatlar;

- Ishtirokchilar uchun turar joyidan musobaqa o‘tkaziladigan joyga borish va qaytish xarajatlari;

- Xalqaro ishtirokchilar uchun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga/dan va Toshkent Markaziy Shimoliy vokzaliga/dan transport xarajatlari.

*Barcha jamoa mentorlari, «Junior» yosh toifasidagi barcha jamoalar a’zolari safar xarajatlarini o‘zlari qoplashlari kerak bo‘ladi. Zaruriy hollarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tanlov qatnashchilariga viza talablari bo‘yicha yordam beradi.

Qo‘shimcha ma’lumot va savollar uchun:

+998712033223 (130)

[email protected]

Musobaqa Nizomi bilan esa mana bu yerda tanishish mumkin.

O‘QING: 2024 yilga kelib sizning uyingizda ham robotlar paydo bo‘lishi mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!