IIV 1 noyabrdan internetni tunu kun kuzatmoqda

  •   DiMaX
  •  6949
  •  02.11.2017 18:29

IIV 1 noyabrdan internetni tunu kun kuzatmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017 yil 30 oktyabrda 882-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi. Bu haqda Norma.uz saytiga tayangan holda Kun.uz nashri xabar bergan.

Mazkur xizmat IIV Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahliliy bosh boshqarmasining OAV bilan hamkorlik qilish xizmati hamda QR IIV, viloyatlar IIB va Toshkent shahri IIBB matbuot guruhlari negizida tashkil etiladi. Matbuot xizmatini IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshqaradi. Boshqarma rahbari IIV rahbarining matbuot kotibi ham hisoblanadi, deyiladi xabarda.

Matbuot xizmati tizimiga: Boshqarma, «Postda» – «Na postu» gazetalari, «Qalqon» – «Щit» jurnallarining birlashgan tahririyatlari, QR, viloyatlar IIB va Toshkent ShIIBB, sohaviy xizmatlar va ta’lim muassasalarining matbuot guruhlari kiradi.

Matbuot xizmati vazifalariga OAV va internet tarmog‘ida paydo bo‘layotgan hamda ichki ishlar idoralari obro‘siga putur yetkazuvchi materiallarni tunu kun kuzatish va tahlil qilish ham kiradi. Bu kabi axborotlarga zudlik bilan choralar ko‘riladi.

O‘QING: O‘zbekistonlik Facebook foydalanuvchisi bo‘htoni uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi

Bundan tashqari, 2017 yil 1 dekabrdan e’tiboran keng jamoatchilikda aks-sado bergan voqealarni o‘z vaqtida va ishonchli ravishda, xususan IIV vakolatli mulozimlari tomonidan efir orqali yoritish tartibi tasdiqlanadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!