IIV ogohlantiradi: «Tiktokerlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin!»

  •   DiMaX
  •  560
  •  12.01.2021 09:31

IIV ogohlantiradi: «Tiktokerlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin!»

Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok platformasida turli masxaraomuz, odob-axloq qoidalariga zid harakatlari tasvirlangan video maulliflarini ogohlantirdi. Bu xususda Xabar.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Universitetda TikTok fakulteti ochilishi mumkin!

«Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarning TikTok platformasida – fuqarolarimizni ayniqsa yoshlarimizni o‘zlariga e’tibor jalb qilish maqsadida, turli masxaraomuz, odob-axloq qoidalariga zid harakatlari tasvirlangan videolarini ko‘plab kuzatyapmiz», – deydi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov.

 «Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizni tarbiyasiz va odobsiz qiliqlariga ko‘z yumsangiz, biz bunday axloqsizlika yo‘l qo‘ymaymiz.

Esingizda bo‘lsin, farzandingizga ham buni uqtiring, fuqarolarning osoyishtaligini hamda jamiyatda yurish turish qoidalarini buzish – mayda bezorilik hisoblanadi va 15 sutkagacha qamoq bilan jazolanadi.

Ogohlantiramiz! Farzandlaringizni nazorat qiling, yoshligidan taltaytirib, keyin afsuslanib yurmang», – deyiladi xabarda.

O‘QING: «TikTok qirolichasi» – 16 yashar raqqosa tarixga kirdi!