Chirchiqdagi fohishaxona ijtimoiy tarmoqda reklama qilingan

  •   DiMaX
  •  1601
  •  11.03.2021 10:54

Chirchiqdagi fohishaxona ijtimoiy tarmoqda reklama qilingan

Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan «zarbdor oyligi» doirasida viloyat IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Chirchiq shahar IIB xodimlari tomonidan qonunbuzarlik holati aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: Rim papasi akkauntidan model qizning erotik suratiga layk bosildi

Dastlabki surushtiruvlarda Gulnoza ismli shaxs (Chirchiq shahrida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan G.M.) Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali «massaj salon» e’loni niqobi ostida fohishalik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga mijoz topib, qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan va tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida G.M. 1993 yilda tug‘ilgan «fohishalikni kasb qilib olgan» U.N. va 1987 yilda tug‘ilgan A.N.larga jinsiy aloqa qilishlari uchun mijoz topib, buning evaziga 350 ming so‘m, fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ikki shaxs esa mijozdan 800 ming so‘m miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ushlangan.

Tadbir davomida ushlangan shaxslardan 1 mln 150 ming so‘m miqdoridagi pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olingan. Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha surushtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

O‘QING: Yashirin kamera o‘rnatilgan: ijara kvartiralarida yoki mehmonxonalarda yashirin kamerani qanday topsa bo‘ladi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!