Ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyot bo‘ling: 89 mln so‘mgacha jarima to‘lashingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  2330
  •  15.12.2020 17:08

Ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyot bo‘ling: 89 mln so‘mgacha jarima to‘lashingiz mumkin!

14 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida deputatlar Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish borasidagi qonun loyihasini muhokama qildi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda umuman kutilmagan ijtimoiy tarmoq 1-o‘ringa chiqdi! (+infografik video)

Qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi axborotni ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya yoki internet tarmoqlariga joylashtirganlik uchun ham javobgarlikni belgilash ko‘zda tutilmoqda. Bu kabi videolarni joylashtirganlar 89 million so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning amaldagi talabiga ko‘ra, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish harakatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, bunday harakatlar uchun jarima miqdorini oshirish, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 400 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 100 baravaridan 450 baravarigacha miqdorda jarima solish haqidagi me’yorni kiritish taklif etilmoqda.

O‘QING: Nihoyat, bu ilova TikTok’ni yengib o‘tib, dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.