Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan yurtdoshimiz jarimaga tortildi

  •   DiMaX
  •  786
  •  24.03.2020 09:58

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan yurtdoshimiz jarimaga tortildi

Yurtimizda koronavirus epidemiyasiga qarshi kurash jiddiy olib borilmoqda. Biroq bu borada aholini vahimaga soluvchi, yolg‘on ma’lumotlar tarqatuvchi kishilarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi. Shunday holatlardan biri haqida Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabariga tayanib Sof.uz yozmoqda.

O‘QING: Koronavirus epidemiyasini Bill Geyts bundan 5 yil avval bashorat qilgan! (2 ta video)

Joriy yilning 20 mart kuni Surxondaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv hamkorlik boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-texnik tadbirlar davomida Telegram messenjeridagi «@GroupSurxondaryo» kanalining foydalanuvchisi «A N Z O R» deb nomlangan profil egasi 20 mart kuni soat 12:38 da «@GroupSurxondaryo» guruhiga koronavirus haqida, ya’ni, «Jo`rabayevada Bor ekan 2 kishi aniqlandi 30 daqiqa oldin» degan mazmundagi odamlarni chalg‘ituvchi, jamiyatda vahima uyg‘otuvchi yolg‘on ma’lumot tarqatganligi ma’lum bo‘ldi.

Tezkor qidiruv hamkorlik boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan qo‘shimcha olib borilgan tezkor surishtiruv ishlar natijasida Telegram messenjerida «@GroupSurxondaryo» deb nomlangan guruhga yolg‘on ma’lumot tarqatgan «A N Z O R» nomli profil egasi va foydalanuvchisi Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida istiqomat qilib, Termiz shahrida savdo shaxobchalarining birida sotuvchi bo‘lib ishlab kelayotgan fuqaro Anzorjon Berdiqulov ekanligi aniqlandi.

Unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Ma’muriy ishlar bo‘yicha Termiz shahar sudiga yuborildi.

23 mart kuni Ma’muriy ishlar bo‘yicha Termiz shahar sudining qaroriga ko‘ra, fuqaro Berdiqulov Anzorjon Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 205-moddasida ko‘rsatilgan (Favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilish) huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) baravari, ya’ni 1.115.000 (bir million bir yuz o‘n besh ming) so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

O‘QING: Kishida koronavirus bor-yo‘qligini endi Siri ham aytib bera oladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!