Ijtimoiy tarmoqlardagi huquqbuzarlarni aniqlash bo‘yicha hujjat ishlab chiqiladi

  •   DiMaX
  •  134
  •  19.01.2021 08:59

Ijtimoiy tarmoqlardagi huquqbuzarlarni aniqlash bo‘yicha hujjat ishlab chiqiladi

Internet jahon axborot tarmog‘ida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish choralari takomillashtiriladi. Bu haqda 2021 yil uchun davlat dasturi loyihasida aytilgan.

O‘QING: Qanday videolarni tarqatishga 22 million so‘mdan ortiq jarima belgilangan?

Dasturga muvofiq, bu borada normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada Internet jahon axborot tarmog‘ida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish va tegishli shaxslarni fosh etishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

Ijrosi uchun Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oliy sud hamda tegishli vazirlik va idoralar mas’ul bo‘lgan loyiha 2021 yilning 1 aprel sanasiga qadar amalga oshirilishi belgilangan.

O‘QING: Ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyot bo‘ling: 89 mln so‘mgacha jarima to‘lashingiz mumkin!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.