Ijtimoiy tarmoqlardan kriptobirjarlarga: O'zbekistonda Binance va boshqalar bloklandi

Ijtimoiy tarmoqlardan kriptobirjarlarga: O'zbekistonda Binance va boshqalar bloklandi

Avgust oyi boshida O'zbekistonda bloklangan ijtimoiy tarmoqlarning ochilishi bilan birgalikda yetakchi onlayn kriptobirjalar: Binance, FTX, Kraken, KuCoin, Gate, Bitfinex va boshqalarning saytlariga kirishda cheklovlar o'rnatildi.

Daryo nashrining ma'lum qilishicha, ba'zi kriptobirjalarning saytlar provayderlarga qarab vaqti-vaqti bilan ochilmoqda. Ba'zilarida esa Vazirlar Mahkamasining 05.09.2018 yildagi 707-sonli "Butunjahon Internet tarmog'ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori asosida cheklov o'rnatilganligi haqidagi ogohlantirish paydo bo'lmoqda.

Aytish kerakki, yaqinda O'zbekiston fuqarolari va kompaniyalari kriptoaktivlarni faqat milliy provayderlar yoxud kriptobirjalar orqali sotib olishi, sotishi va ayirboshlashi mumkinligi aytilgan prezident farmoni chiqarilgan edi, biroq bu qonun 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Ma'lum bo'lishicha, O'zbekistonda 2020-yilda ishga tushirilgan UzNex milliy kriptobirjasi bor.

O'QING: Pavel Durov yana "Olma"ga tosh otmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.