«Ikki karra 5G»da ishlovchi ilk flagman taqdimotdan avval sotilyapti!

  •   DiMaX
  •  977
  •  14.05.2020 15:38

«Ikki karra 5G»da ishlovchi ilk flagman taqdimotdan avval sotilyapti!

MediaTek kompaniyasi eng arzon 5G-smartfonlar va flagmanlar uchun, jami to‘rtta 5G-protsessor taqdim etayotgani haqida yozgandik. Shular rasman namoyish etildi va ularning eng zo‘ri Dimensity 2000 emas, balki Dimensity 1000+ (Dimensity 1000 Plus) deb nomlangan.

O‘QING: «Qualcomm, nariroq suril!» – Samsung ham arzon 5G-smartfonlar uchun protsessor tayyorlayapti

Yangi chipsetning ilg‘or xususiyatlaridan biri – u bir vaqtning o‘zida 5G tarmog‘ida ishlovchi ikkita SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi. Hozirgacha eng kuchli chipsoz – Qualcomm ham, Samsung yoki Huawei ham bunaqa mobil protsessor yaratgan emas.

Dimensity 1000+ platformali birinchi smartfonni esa Vivo kompaniyasining o‘yinbop qurilmalarga moslashgan iQOO brendi tayyorladi. IQOO Z1 (yoki IQOO Z1 5G) rusumli ushbu flagman 19 may kuni namoyish etiladi, ammo hozirdan uning ayrim xususiyatlari ma’lum.

O‘QING: TOP-10: Xitoy flagmanlari barcha Galaxy S20’larni surib chiqardi! (AnTuTu global reytingi, 2020 yil aprel)

IQOO Z1 modeli yangilanish chastotasi 144 gerslik LCD-ekranga va uning yuqori o‘ng burchagida (xuddi iQOO Neo 3 5G modelidagi kabi) old kamera tirqishiga ega. Qurilmaning 4500 mA/soatlik akkumulyatori 44 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlanadi.

Xitoydagi onlayn savdo maydonchalari allaqachon IQOO Z1 uchun oldindan buyurtma ola boshlashgan. Vivo uning 6/128 gigabaytligini 350 dollarga baholagan.

O‘QING: Aprelda chiqqan Android-smartfonlardan qaysilari eng zo‘r? (Master Lu reytingi)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!