Ikki kun ichida Tesla Cybertruck pikaplariga berilgan buyurtmalar 146 mingdan oshdi

Ikki kun ichida Tesla Cybertruck pikaplariga berilgan buyurtmalar 146 mingdan oshdi

Bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgan dizayn va sinadigan oynalar so‘nggi Tesla Cybertruck pikapiga bo‘lgan yuqori talabga to‘sqinlik qilmayapti. Yangi qurilmani ishlab chiqarish keyingi yilning oxirida boshlanadi, ammo AQShda allaqachon qiziquvchilarning katta qismi shakllanib ulgurdi.

Ikki kun ichida buyurtmalar hajmi 146 mingdan oshdi. Buyurtma uchun 100 AQSh dollari miqdorida majburiy (lekin qaytariladigan) depozit to‘lash lozim. Ushbu ma’lumotlarni Twitter'dagi sahifasida kompaniya rahbari Ilon Mask qoldirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Cybertruck'ning eng qimmat (to‘liq uzatmali va ikki yoki uch dvigatelli) versiyalarini42% va 41% odamlar tanlamoqda. Qolgan 17% xaridor modelning bitta dvigatelli va orqa uzatmali versiyasiga qiziqish bildirmoqda.

Agar aniq hisob-kitob qilinsa, shuni taxmin qilish mumkinki, potensial egalarining kamida yarmi 7 ming AQSh dollari qiymatidagi avtopilot rejimli variantga qiziqish bildirishsa, u holda Cybertruck buyurtma hajmi taxminan 7,55 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.

Bu savdosi bir yildan so‘ng boshlanadigan model uchun yomon emas.

Qaytarib beriluvchi depozitning sababi esa, Cybertruck xaridi bilan qiziqayotgan hamma ham unga erisha olmay qolishi mumkinligidir.

O‘QING: Tesla futuristik va «o‘q o‘tmas» Cybertruck elektrik pikapini namoyish etdi (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!