Ikki qismli luter-shuter o‘yinni 4 iyungacha bepul olib qo‘ying! (+video)

  •   DiMaX
  •  533
  •  29.05.2020 18:05

Ikki qismli luter-shuter o‘yinni 4 iyungacha bepul olib qo‘ying! (+video)

Koronavirus pandemiyasi paytida kishilar zaruratsiz ko‘chaga chiqmasliklari uchun turli o‘yinlarni vaqtincha bepul tarqatish davom etayotir. Epic Games do‘koni kompyuterlarda o‘ynaladigan Borderlands: The Handsome Collection nomli luter-shuter o‘yinini vaqtincha bepul qilib qo‘ydi.

O‘QING: PUBG’da uzoq kutilgan yangilanish: Martaba rejimi va boshqalar (+video)

Borderlands: The Handsome Collection – turkumdagi ikkita o‘yindan iborat to‘plam bo‘lib, Borderlands 2 hamda Borderlands: The Pre-Sequel qismlarini o‘z ichiga oladi. Geymerlar bularning birinchisida Pandora uchun jangga kirishadilar; ikkinchisida esa olishuvlar Pandora yo‘ldoshiga ko‘chirilgan.

Ikki qismli o‘yin jamlanmasini kompyuter yoki noutbukingizga bepul ko‘chirib olish uchun mana bu havola orqali Epic Games Store’ning tegishli sahifasiga o‘tishingiz mumkin. Uning bepul tarqatilishi 4 iyungacha davom etadi; demak – shungacha olib qo‘yishga ulguring va o‘yinlarga qiziquvchi do‘stlaringizga ham bu xabarni yetkazing.

O‘QING: Vaqtincha bepul tarqatilayotgan GTA V o‘yinini o‘ta realistik versiyada chiqarishdi! (video va havola)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!