Ikki Ultra to'qnashuvi!

Ikki Ultra to'qnashuvi!

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi shu yilning fevral oyida o'zining Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlarini taqdim qilganida, ularning orasida eng kuchlisi bo'lgan Ultra modelini ham chiqargan edi. Oradan uch oylarcha vaqt o'tgach, ZTE kompaniyasi ham o'zining yangi Axon 40 smartfonlari qatorini taqdim qildi va ularning biriga Ultra nomini berdi. Bu 2022-yilda ana shunday nom qo'shib chiqarilgan ikkinchi flagman bo'ldi va bu ikki yuqori darajadagi qurilmalar tashqi tomondan ham, ichki tomondan ham bir-biriga munosib raqib bo'ldi.


Samsung Galaxy S22 Ultra va ZTE Axon 40 Ultra
Muallif: Ice Universe (Twitter)

Insayder Ice Universe o'zining Twitter sahifasida ikki Ultra taqqoslangan jonli suratlarni ulashdi. Ko'rinib turibdiki, ikkila smartfon tanasi deyarli bir xil o'lchamda, shu bilan birga ularning ramkalarini juda ingichka bo'lib, garchi ularning farqi yo'qdek ko'rinsada, yaqinlashtirib qaralganda Axon 40 Ultra raqibiga qaraganda ingichkaroq qora chegaraga ega. Ikkov Ultra'ning ham yon tomonlari biroz qayrilgan va chap tomonida ovoz boshqaruvi, yoqish tugmalari joylashgan.

Samsung Galaxy S22 Ultra va ZTE Axon 40 Ultra
Muallif: Ice Universe (Twitter)

Axon 40 Ultra va S22 Ultra tashqi ko'rinishidan egizaklarga o'xshasada kapot ostida ular ko'p narsada farq qiladi:

  ZTE Axon 40 Ultra Samsung Galaxy S22 Ultra
Tarmoq texnologiyasi 5G 5G
Qurilma o'lchami 163.2 x 73.5 x 8.4 mm 163.3 x 77.9 x 8.9 mm
Og'irligi 204 g 228 g / 229 g
Ekran turi AMOLED, 120Hz, HDR10+, 1500 nits Dynamic AMOLED 2X, 120Hz, HDR10+, 1750 nits
Ekran o'lchami 6.8 dyuym, 111.6 cm2 (ekranning tanaga nisbati ~93.1%) 6.8 dyuym, 114.7 cm2 (ekranning tanaga nisbati ~90.2%)
Ekran rezolyutsiyasi 1116 x 2480 piksel, har bir dyuym uchun piksel zichligi ~400 1440 x 3088 piksel, har bir dyuym uchun piksel zichligi ~500
Old kamera 16 MP, f/2.0 (ekran ostida), HDR
4K@30fps, 1080p@30fps
40 MP, f/2.2, avto HDR
4K@30/60fps, 1080p@30fps
Orqa kamera 64 MP, f/1.6, PDAF, Laser AF, OIS
64 MP (periskop telefotosi), f/3.5, PDAF, OIS
64 MP (ultra keng), f/2.4, PDAF
ikkilik LED ikki xillik flash, HDR, panorama
8K@30fps, 4K@30/60fps, 1080p@30fps
108 MP, f/1.8, PDAF, Laser AF, OIS
10 MP (periskop telefotosi), f/4.9, PDAF, OIS
12 MP (ultra keng), f/2.2, PDAF, Super Steady video
10 MP (telefoto), f/2.4, PDAF, OIS
LED flash, avto HDR, panorama
8K@24fps, 4K@30/60fps, 1080p@30/60/240fps, 720p@960fps
Operatsion tizim Android 12 ga asoslangan MyOS 12 Android 12 ga asoslangan One UI 4.1
Chipset Qualcomm Snapdragon 8 Gen 1 (4 nm) Qualcomm Snapdragon 8 Gen 1 (4 nm)
Operativ xotira 8/12/16 GB   8/12 GB 
Doimiy xotira 256/512 GB / 1 TB (SD karta uchun joy mavjud emas) 128/256/512 GB / 1 TB (SD karta uchunjoy mavjud emas)
Batareya 5000 mAh 5000 mAh
Quvvatlanishi 80W 45W
Quloqchin uchun 3.5 mm uya mavjud emas mavjud emas
Karnay bor va stereo bor va stereo
USB turi USB-C 3.1 USB-C 3.2
SIM karta ikkilik nano SIM karta birlik yoki ikkilik nano SIM karta + eSIM qo'llab-quvvatlanishi
Wi-Fi Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac/6e Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac/6e
Bluetooth 5.2 5.2
NFC bor bor
Sensorlar Barmoq izini aniqlash (ekran ostida, optik), akselerometr, giroskop, yaqindagi narsalarni aniqlash, kompas Barmoq izini aniqlash (ekran ostida, ultratovush), akselerometr, giroskop, yaqindagi narsalarni aniqlash, kompas, barometer
Taqdim qilingandagi narxi (8/256) $743 (8/128) $1200

Ikkala Ultra ham o'zining ustunlik tomonlariga ega. Masalan, Galaxy S22 Ultra o'zining S Pen ruchkasi bilan ishlay olsa, Axon 40 Ultra ekran osti kamerasiga ega. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, bularning qaysi birini olsangiz ham, qo'lingizda yuqori sifatli, chiroyli dizaynga ega Ultra smartfon bo'ladi.

ZTE Axon 40 Ultra
Muallif: Ice Universe (Twitter)

O'QING: Galaxy S22 Ultra uchun arzirli raqib chiqarildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!