Ikki yil avvalgi o'rta sinf Galaxy smartfoni ham One UI 5 yangilanishini qabul qilishni boshladi

Ikki yil avvalgi o'rta sinf Galaxy smartfoni ham One UI 5 yangilanishini qabul qilishni boshladi

Samsung o'zining Galaxy smartfonlari uchun bu yilgi katta dasturiy ta'minot yangilanishini avvalgilariga qaraganda sezilarli darajada tez tarqatmoqda. One UI 5 versiyasi oldiniga flagmanlar, so'ng shu va o'tgan yilgi o'rta sinf Galaxy'lariga chiqarilgan bo'lsa, endi ikki yil avvalgi Galaxy A71 smartfoni ham uni qabul qilishni boshladi. Ma'lum bo'lishicha, A715FXXU8DVK1 proshivka versiyali Android 13 yangilanishi Galaxy A71 uchun oktabr oyi xavfsizlik yamog'i bilan Polshada tarqatilmoqda.

Galaxy FE smartfonlari ham qatordan qolgani yo'q. Galaxy S21 FE, vanihoyat, butun bo'ylab G990BXXU2DVK3 proshivka versiyasidagi One UI 5 yangilanishini qabul qilishni boshlangan bo'lsa, Galaxy S20 FE Rossiya hududida yangi versiyaga yangilanishni boshlagan.

Ehtimol, Galaxy Note 10 va Galaxy Note 10+ smartfonlari Android 13 yangilanishini qabul qilmaydi, biroq Galaxy Note 10 Lite foydalanuvchilari uchun yaxshi yangilik bor: Fransiyada smartfon egalari uchun One UI 5 yangilanishini tarqatish boshlandi. Aytish kerakki, Proshivka versiyasi N770FXXU8HVK5 bo'lgan yangilanish ushbu model uchun eng oxirgi dasturiy ta'minot yangilanishi hisoblanadi.

O'QING: Qaysi Xiaomi smartfonlari MIUI 14 yangilanishini qabul qiladi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!