Ikkinchi avlod Xiaomi Civi modeli chiqmoqda

Ikkinchi avlod Xiaomi Civi modeli chiqmoqda

Xiaomi kompaniyasi yana bir yangi smartfonni taqdim etishga tayyor. Taqdim etiladigan smartfon Xiaomi Civi 2 bo‘lishi aytilmoqda. O‘tgan yilgi Civi model Xiaomi uchun yangi seriyagi boshlab bergan edi. 

Ma’lumotlarga qaraganda Civi 2 shu oyda taqdim etiladi. Smartfon yangi Snapdragon 7 Gen1 chipiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, qurilma 6.56 dyuymli 120 gerts OLED displey, 12/256GB gacha bo‘lgan xotira hamda 67 vattda quvvat oluvchi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. 

Gadjetga optik stabilizatsiyaga ega 50MP asosiy, 8MP ultrakeng va 2MP makro kameralar o‘rnatiladi. 

O‘QING: Sony kompaniyasi o‘yinbop smartfonni taqdim etdi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.