Ikkinchi jahon urushi haqidagi strategiya o‘yinini 31 maygacha bepul va butunlay olib qo‘ying

  •   DiMaX
  •  1966
  •  28.05.2021 17:37

Ikkinchi jahon urushi haqidagi strategiya o‘yinini 31 maygacha bepul va butunlay olib qo‘ying

Valve kompaniyasi vaqti-vaqti bilan o‘zining Steam raqamli do‘konida ayrim o‘yinlarni tekinga tarqatib turadi. Dam olish kunlari bo‘sh vaqtingizni maroqli o‘tkazish uchun unda hozir Company of Heroes 2 o‘yinini ulashishyapti.

O‘QING: TOP-10: Baykercha zombi-ekshen o‘yini chiqiboq chart lideriga aylandi

Aksariyat geymerlarga Company of Heroes loyihasi tanish – u Ikkinchi jahon urushi mavzusidagi strategiyadir. O‘tgan yili uning mobil versiyasi ham chiqqan, biz esa videosi va qo‘llovchi modellar ro‘yxatini e’lon qilganmiz.

Steam do‘koni vaqtincha bepul berayotgan Company of Heroes 2 esa uning ikkinchi qismi bo‘lib, uning treylerini quyida tomosha qiling:

31 maygacha Company of Heroes 2 o‘yinini hamda Company of Heroes 2: Ardennada hujum qo‘shimcha kontentini mana bu havola orqali yuklab olish mumkin. Uning bepulligi 31 maygacha davom etadi, lekin shungacha olib ulgursangiz, keyin istalgan payti tekinga o‘ynayverishingiz mumkin.

O‘QING: Tarixdagi eng qimmat o‘yinni 3 iyungacha bepul o‘ynab qoling! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!