Ikkinchi marta “yetim qolgan“ iPhone xronologiyasi

Ikkinchi marta “yetim qolgan“ iPhone xronologiyasi

Joni Ayv (Jony Ive) Apple'ni butun dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylantirgan iPhone, iMac va iPod'lar dizayni ortidagi asosiy shaxslardan biri bo‘lgan. 

Biroq, xabaringiz bor, janob Ayv o‘zining biznesini yo‘lga qo‘yish uchun yaqinda Apple'dan ketdi. 

Oxirgi muddat ichida iPhone savdosida susayish kuzatilgan bo‘lsada, ushbu smartfonlar mobil olamda hali ham eng yuqori pog‘onadagi qurilmalardan sanaladi. 

iPhone yaratilishida asosiy o‘rinlardan birini egallagan dizayner kompaniyadan ketar ekan, keling, Apple smartfonlari evolyusiyasiga bir nazar tashlaymiz. 

Quyida iPhone'lardagi o‘lcham, funksiya va narxlar borasidagi asosiy tafovutlarga to‘xtalamiz.

Ilk qadam. iPhone 2G

iPhone'ning birinchi avlod qurilmasi 2007 yil iyun oyida AQShda taqdim qilingandi. 

O‘shanda Apple 4GB xotiraga ega devaysga 499 dollar, 8GB lik versiyasiga 599 dollar narx qo‘ygandi. 

Apple'dagilar bu iPhone'ga 3G texnologiyasini o‘rnatishmadi. Ilk iPhone 2Gda ishlar, shu uchun ham iPhone 2G nomli bilan ommalashgandi. 

Hozir, bu qurilmani o‘z kolleksiyasida to‘playdiganlar ham topiladi. Hattoki, eBay'da bu qurilma asl narxidan ham qimmatroq sotilganiga ham guvoh bo‘lish mumkin. 

iPhone 3G

iPhone 3G 2008 yil iyulida 22 ta davlatda taqdim qilinib, dastlabki hafta emas, balki faqatgina dam olish kunlarining o‘zida 1 milliondan ortiq donasi sotilgan. 

Ikkinchi avlod iPhone ikkita: oq va qora rangda taqdim qilingan. Narxi ham o‘ta arzon edi: atigi 99 dollar. 

iOS 2.0 operatsion tizimi o‘rnatilgan iPhone 3G'ga MMS jo‘natish va nusxalash-joylashtirish funksiyalari qo‘shilgan. 

Oradan bir yil o‘tib esa iPhone 3GS ommaga taqdim qilindi. Smartfonning nomidagi S harfi ingliz tilidagi “speed“ — tezlik so‘zi qisqartmasi edi. Qurilma: “Eng tez, eng aqlli telefon“, deya talqin qilingan.

2010 yilning iyuniga kelib, iPhone 3G'ni ishlab chiqarish to‘xtatilgan.

iPhone 4

2010 yil iyunda Apple'ning Butunjahon dasturchilari konferensiyasida to‘rtinchi avlod iPhone'ni taqdim qildi.

O‘shanda Stiv Jobs devaysni o‘z vaqtining eng ingichka smartfoni, deb nomlagan.

Bu safar smartfon: “Yana hamma narasni o‘zgartiradi“, talqini ostida e’lon qilingan. 

Smartfonga ilk marotaba o‘rnatilgan old kamera Apple'ga boshqa kompaniyalardan ustun bo‘lish imkonini berdi: FaceTime funksiyasi orqali iPhone'da video chat amalga oshirish imkoni yuzaga keldi.

16GB xotiraga ega iPhone 4 499 dollar, 32GB'lisi esa 599 dollar edi. 

Qurilmaning 5-avlodi, iPhone 4S, bir yil o‘tib, 2011 yil oktabrda namoyish qilingan. Unga Siri ovozli yordamchisi o‘rnatilgan.

O‘QING: 25 yashar Amazon solnomasi

iPhone 5

iPhone 5 2012 yil sentyabrida taqdim qilingan. Bu modelning o‘ziga xos jihati shuki, u Stiv Jobsning qo‘lidan o‘tgan eng so‘nggi iPhone edi. 

Smartfon taqdim qilinishidan oldin buyurtma qabul qilishni boshlaganda, Apple 24 soat ichida iPhone 5 uchun ikki million buyurtma qabul qilgan. 

Yangi model 4G'da ishlar, ingichkaroq, yengilroq va kattaroq ekranli bo‘ldi.

Smartfon 529 (16GB), 599 (32GB) va 699 (64GB) dollarda baholangan. 

iPhone 5C va 5S lar chiqarila boshlashi bilan avvalgi iPhone 5 lar sotuvi to‘xtatildi. 

iPhone 6

2014 yil sentyabr oyida iPhone 6 va 6 Plus'larning taqdim qilinishi bilan Plus seriyali hajmi kattaroq iPhone'lar davri boshlandi.

iPhone 6 4,7 dyuym, 6 Plus esa 5,5 dyuym hajmda taqdim qilindi. 

Yangi devaysning o‘ziga xosligi takomillashtirilgan kamera, oshirilgan akkumulyator sig‘imi va Apple Pay kabilar bo‘ldi. 

iPhone 6'ni 539 dollar evaziga xarid qilish mumkin edi. 

Oradan bir yil o‘tar-o‘tmas iPhone 6S va 6S Plus flagmanlari yaratilishi bilan iPhone 6 va 6 Plus'lar chiqmay qo‘ydi. 

iPhone 7

iPhone 7 2016 yilning sentabrida keng ommaga taqdim qilingan. Smartfonning boshlang‘ich narxi 649 dollar edi.

769 dollar sarflab esa, iPhone 7 Plus sotib olish mumkin edi. 

Har ikki modelda ham 32 va 128GB lik xotira o‘rnatilgan. Hajmi va rangi ham bir necha opsiyada (kulrang, qora va qizil) taqdim qilingan.

iPhone'ning bu avlod qurilmasida audio jek olib tashlanib, suvga chidamli texnologiya va 12 megapiksellik takomillashgan kamera o‘rnatilgan. 

iPhone 8, 8 Plus va X

iPhone 8, 8 Plus va X'lar keyingi yilning ayni oyida Apple'ning Kaliforniyadagi shtab-kvartirasidagi Stiv Jobs teatrida taqdim qilingan. Smartfonlar silver, gold va space gray ranglarda taqdim qilingan. 

iPhone 7 korpusidan farqli, 8 va 8 Plus'larda faqat shishadan foydalanilgan. 

Narxlariga to‘xtalsak, 64GB xotirali iPhone 8 699 dollar, 8 Plus 799 dollar edi. 

2017 yil noyabr oyida iPhone X'ning taqdim qilinishi iPhone oilasi qurilamarining o‘n yillik yubileyi bo‘ldi. 

iPhone X'dan bosh ekran tugmasi olib tashlanib, OLED displeyli 5.8“ ekran va simsiz quvvatlash texnologiyasi o‘rnatilgan. 

O‘shandan buyon...

Apple yana uchta telefon chiqardi: iPhone XR iPhone XS va XS Max.

Ularning narxi eng arzoni $749 dan tortib, eng qimmati $1,449 gachadir. 

Kompaniya bosh ijrochi direktori Tim Kuk (Tim Cook) iPhone narxlarini pasaytirishmoqchi ekanligi haqida to‘xtalib o‘tgandi. Ammo buning qachon sodir bo‘lishi va smartfonlar qanchaga arzonlashishi hozircha aniq emas.

Joni Ayvning Apple'dan ketishi qurilmalar dizayniga ta’sir qilarmikan? Buni, albatta, vaqt ko‘rsatadi. 

O‘QING: iOS Beta 3 chiqdi - o‘zgarishlar bilan tanishamiz!

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.