Ikkinchi partiyasi ham sotuvga chiqiboq tugagan, 7200 dollarlik shaffof televizorni rasmiy videoda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  2083
  •  17.08.2020 09:14

Ikkinchi partiyasi ham sotuvga chiqiboq tugagan, 7200 dollarlik shaffof televizorni rasmiy videoda ko‘ramiz!

Xiaomi kompaniyasi o‘zining yubileyida dunyodagi ilk shaffof televizor Mi TV Lux Transparent Edition modelini taqdim etgan. Namoyishning ertasiga – 12 avgust kuni uning birinchi partiyasi atigi bir soniyadayoq sotib tugatilgan edi.

O‘QING: Xiaomi’ning arzonchi brendi ilk o‘yinbop noutbukini taqdim etdi

Ushbu mo‘’jizaviy televizor arzon emas – unga naq 99999 yuan, ya’ni taxminan 7198 dollarlik narx belgilagan. Shunga qaramasdan, 16 avgustda savdoga qo‘yilgan ikkinchi partiya ham o‘sha kuniyoq tugab ketgan.

Xiaomi Mi TV Lux Transparent Edition televizori faqat JD.com onlayn savdo maydonchasi orqali sotilmoqda va bu galgi partiyada nechta sotilgani ham ma’lum – atigi 38 dona. Lekin qimmat bo‘lsa-da, shaffof televizorga talab katta ekanligi e’tiborli; uning keyingi partiyasi esa 45 kundan so‘ng chiqishi aytilmoqda.

O‘QING: Uchinchi bosqichda MIUI 12’ga yangilanuvchi Xiaomi va Redmi smartfonlari

Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchi betakror Xiaomi Mi TV Lux Transparent Edition televizorining birinchi rasmiy anboksing (raspakovka – qadog‘idan olib ko‘rsatish) videosini ham tarqatgan:

Ko‘rib turganingizdek, Xiaomi bu inqilobiy mahsulotining dizayni bilan faxrlanadi. Mi TV Lux Transparent Edition ekrani qanchalik shaffof ekanligi kadrlarda yaqqol aks etgan; uning mato qoplamli ost qismida esa apparat ta’minoti va dinamiklari joylashgan. Rolik so‘ngida televizorni o‘yin uchun ishlatib ko‘rsatishgan.

O‘QING: Yangi rekord o‘rnatgan Redmi K30 Ultra ichini ochib, Redmi K30 Pro bilan taqqoslab ko‘rishdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!