Ikkita arzon Redmi smartfoniga barqaror MIUI 11 bazasidagi global proshivka tarqatilmoqda

  •   DiMaX
  •  1025
  •  12.12.2019 10:31

Ikkita arzon Redmi smartfoniga barqaror MIUI 11 bazasidagi global proshivka tarqatilmoqda

Xiaomi kuni kecha Redmi K30 rusumli 5G-flagman hamda uning 4G-versiyasini taqdim etgan edi. Shu bilan birga, korporatsiya mazkur brendning eski rusumlardagi vakillarini ham o‘z holiga tashlab qo‘ygani yo‘q.

O‘QING: MIUI 11 uchinchi to‘lqinda eski modellardagi Xiaomi va Redmi smartfonlarga tarqatiladi

Garchi eski modellardagi Xiaomi smartfonlari uchun Android 10 hali taqdim etilmagan bo‘lsa-da, ularga MIUI proshivkasining so‘nggi talqini tarqatilyapti. Jumladan, o‘tgan yilning yozida chiqqan «aqlli kamerali» Redmi 6 hamda uning arzon versiyasi – Redmi 6A modellariga barqaror MIUI 11 bazasidagi global proshivka kela boshlagan. Bu haqda Hindistonda rasmiy MIUI akkaunti Twitter tarmog‘ida xabar bermoqda.

Har ikkala smartfon uchun MIUI 11 bazasida tayyorlangan proshivkaning asosida Android 9.0 Pie operatsion tizim talqini yotadi. Biroq yangi grafik qobiqning barcha o‘ziga xosliklari eski yadro ustiga ajoyib tarzda joylangan.

Dunyo bo‘yicha Redmi 6 va Redmi 6A uchun yangi proshivkalar bosqichma-bosqich tarqatilishi sababli, bizning hududlardagi foydalanuvchilarga sal keyinroq kelishi ham mumkin. Har ehtimolga qarshi, Xiaomi qurilmangiz sozlamalariga kirib, yangilanishlarni tekshirib turing.

O‘QING: MIUI 11'ning barqaror global proshivkasiga o‘tuvchi smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!