Ikkita benchmark kelisha olmayapti: qaysi protsessor «eng sun’iy ongli»?

  •   DiMaX
  •  1209
  •  15.05.2020 13:41

Ikkita benchmark kelisha olmayapti: qaysi protsessor «eng sun’iy ongli»?

Smartfonlarning samaradorligini, ularning protsessorini va hokazo xususiyatlarini tekshiradigan benchmarklarni bilasiz. Saytimizda ko‘pincha AnTuTu, Geekbench hamda Master Lu kabi servislarning turli reytinglari e’lon qilib kelinadi.

O‘QING: Taqdim etilmagan Redmi 9 modeli Xiaomi saytiga, Redmi 10X ikkalasi yana Geekbench’ga ham chiqdi!

Niyabatan yangi benchmarklardan biri – Syurix texnologik universiteti tomonidan yaratilgan AI Benchmark servisi ham tobora ommalashib bormoqda. Nomidan ham anglashilib turganidek, u asosan qurilmalarning sun’iy intellektni qo‘llovchi ilovalardagi imkoniyatlarini testdan o‘tkazib ko‘rsatadi.

Yaqinda uning ma’lumotlari asosida turli mobil protsessorlarning sun’iy idrok bo‘yicha reytingi e’lon qilingan. Huawei kompaniyasining Kirin 990 5G chipseti bazasidagi Honor 30 Pro+ birinchi o‘rinni olgan:

Umuman olganda, yuqoridagi AI Benchmark reytingidagi dastlabki 11 ta o‘rinni Huawei kompaniyasi hamda uning Honor brendiga mansub modellar band etgan.

O‘QING: Dunyodagi eng kuchli smartfon, protsessor va proshivkalar TOP-o‘ntaliklari (Master Lu reytinglari, 2020 yil 1-chorak)

Ayni damda ham AI Benchmark servisining saytida Kirin 990 5G birinchi o‘rinda turibdi:

Ko‘rib turganingizdek, samaradorlik bo‘yicha yetakchi Android-protsessor – Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 865 chipseti sun’iy ong imkoniyatlari bo‘yicha atigi yettinchi o‘rindan joy olgan. Hattoki MediaTek kompaniyasining Dimensity 1000 protsessori va uning Dimensity 1000L modifikatsiyasi ham amerikalik chipsozdan ustun kelgan.

O‘QING: MediaTek eng arzon 5G-smartfonlar va flagmanlar uchun, jami to‘rtta 5G-protsessor taqdim etyapti

Lekin kuni kecha AnTuTu servisi ham sun’iy intellektli protsessorlar reytingini e’lon qildi va undagi ko‘rsatkichlar AI Benchmark taqdim etayotgan ma’lumotlardan butkul farq qiladi. Eng qizig‘i shundaki, nemislarning benchmarkida past baholangan Qualcomm Snapdragon 865 chipseti bu reytingda yetakchi!

Ko‘rib turganingizdek, AnTuTu reytingida ikkinchi o‘rinni Samsung flagmanlarida qo‘llangan Exynos 990 protsessori band etgan. Keyingi o‘rinlarni tegishlicha Snapdragon 765 va 765G, Snapdragon 855+ hamda Snapdragon 855, MediaTek Helio G90, Snapdragon 730/730G, Exynos 9825 hamda MediaTek Dimensity 1000L egallagan.

AI Benchmark reytingi lideri – Kirin 990 5G esa zo‘rg‘a kuchli o‘ntalikning so‘ngidan joy olgan! Aftidan, bu ikki benchmark protsessorlarning sun’iy idrok imkoniyatlarini hisoblashda turlicha algoritmlardan foydalanadi, shu sababli natijalar bunchalik jiddiy farq qilyapti.

O‘QING: Aprelda chiqqan Android-smartfonlardan qaysilari eng zo‘r? (Master Lu reytingi)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!