Ikkita hamyonbop Redmi bestselleri yangi versiyalarda sotila boshladi

  •   DiMaX
  •  2198
  •  09.01.2020 11:08

Ikkita hamyonbop Redmi bestselleri yangi versiyalarda sotila boshladi

Xiaomi kompaniyasi o‘zining arzonchi brendiga mansub ikkita rusumdagi smartfonlarini yangi talqinlarda savdoga qo‘ydi. Bulardan biri – butun dunyoda eng ommaboplaridan bo‘lgan Redmi Note 8 Pro, ikkinchisi esa yanada arzon Redmi 8 modellaridir.

O‘QING: Redmi'dan kutilmaganda navbatdagi taqdimot!

Redmi Note 8 Pro bestsellerining yangi chiqarilgani yorqin qizg‘ish-zarg‘aldoq tusda bo‘lib, korpusning bu rangi «Orange Twilight» deb nomlanmoqda. Ushbu rangdagi smartfon tezkor xotirasi 6 va 8 gigabaytlik variantlarda, tegishlicha 200 va 230 dollardan taklif etilmoqda. Smartfonning doimiy xotirasi hajmi esa har ikkala holatda ham 128 gigabaytni tashkil etadi.

Aytish kerakki, «g‘ishtga aylanib» qolayotgan bo‘lsa-da, Redmi Note 8 Pro smartfoni yaxshi sotilyapti. Savdoga qo‘yilganidan beri o‘tgan uch oyda Xiaomi ushbu modelidan 10 milliondan oshiq sotgan.

O‘QING: Taqqos: Xiaomi Mi 9T vs Xiaomi Redmi Note 8 Pro

Shuningdek, taniqli tarmoq informatori Mukul Sharma (Mukul Sharma) o‘tgan yilgi eng arzon Xiaomi smartfonlaridan biri – Redmi 8 modelining ham yangi rangda sotila boshlaganini ma’lum qilgan. Bu gal ham o‘zgarish faqat korpus rangiga tegishli: uni «Phantom Red» deb nomlangan tusda chiqarishgan. Bittagina variantda – tezkor/ichki xotirasi 4/64 gigabaytlik talqinda chiqqan Redmi 8 narxi hozircha ma’lum qilinmagan.

Aytish kerakki, yangi ranglardagi Redmi Note 8 Pro hamda Redmi 8 faqat Xitoyda sotuvga chiqqan, ularning boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqarilishi haqida ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Xiaomi kompaniyasi Redmi 8’dan naq ikki karra kuchli arzon smartfon tayyorlayapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!