Ikkita hamyonbop Samsung xiti tayyor: uchtalik kamera, baquvvat batareya, kuchli protsessor...

  •   DiMaX
  •  3371
  •  25.01.2020 11:43

Ikkita hamyonbop Samsung xiti tayyor: uchtalik kamera, baquvvat batareya, kuchli protsessor...

Samsung yaqindagina o‘rta narxli turkumning eng arzon vakili – Galaxy A11 hamda arzon smartfonlar lineykasiga mansub Galaxy M11 modellarini Wi-Fi Alliance tashkilotida sertifikatsiyadan o‘tkazgan edi. Endi esa bulardan birinchisi va yana bitta hamyonbop – Galaxy M21 smartfonlarining xususiyatlari ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Galaxy S20 Ultra’ning yana ikkita ilg‘or jihati ma’lum bo‘ldi!

AQShning Aloqa federal komissiyasi (Federal Communications Commission, FCC) tashkiloti ham SM-A115 model raqami ostidagi Galaxy A11 smartfonini sertifikatladi. Uning ma’lumotlar bazasida ushbu qurilmaning dizayni va texnik xususiyatlari haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Ko‘rib turganingizdek, Galaxy A11 uch modulli bosh kameraga ega; Galaxy A10 modelidagi yakka kamera bilan solishtirganda, bu – katta o‘sish. Shuningdek, smartfon orqa panelida barmoq izi skaneri, korpusning pastki qirrasida esa standart quloqchin audiotirqishi hamda USB-C porti ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.

O‘QING: Galaxy A smartfonlari taqdimotdan ikki oy o‘tiboq arzonlasha boshladi!

Yana bir sertifikatsion hujjat esa Galaxy A11 akkumulyatorining tok sig‘imi 4000 mA/soatlik ekanni ko‘rsatib turibdi:

Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy A11 uchun Snapdragon 625 yoki 626 protsessori tanlangan. Ushbu model 2/32 gigabaytlik xotira hamda One UI 2.0 interfeysli Android 10 operatsion tizimi bilan ta’minlangan.

O‘QING: iPhone 12 Pro’lar rekord hajmli «operativka»ga ega, lekin Samsung va Xiaomi flagmanlari...

Samsung eng arzon smartfonlar turkumining yangi vakili – Galaxy M21 esa haqiqiy xit bo‘lishi kutilmoqda; zero, uning «ajdod»i – Galaxy M20 ham kuchli ommalashgan.

Kuni kecha Geekbench servisida samaradorligi sinab ko‘rilganida, Galaxy M21’ning ayrim texnik jihatlari fosh bo‘ldi.

Benchmarkda tekshirib ko‘rilgan Galaxy M21 modeli 4 gigabaytlik tezkor xotira va Exynos 9611 chipsetiga ega. Aftidan, bu – smartfonning boshlang‘ich konfiguratsiyadagi varianti; uning yana 6 gigabaytlik «operativka»ga ega varianti ham bo‘lishi kerak. Mazkur smartfon ham Android 10 operatsion tizim talqini boshqaruvida ishlashiga esa hech kim shubha ham qilmagan.

O‘QING: Galaxy A31 va Galaxy A41 ham baquvvat batareya, kuchli kameraga ega bo‘lyapti

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!