Ikkita kameraga ega bo‘lgan Meta smart-soatlarining renderlari e’lon qilindi

Ikkita kameraga ega bo‘lgan Meta smart-soatlarining renderlari e’lon qilindi

O‘tgan oyda Meta o‘zining noodatiy displeyli va kameraga ega smart-soatini patentlagan edi. Dizayner Sarang Sheth esa aynan shu patent asosida smartsoat 3D renderlarini yaratdi.

Garchi bu rasmiy bo‘lmasada, Meta Band nomini olgan smartsoat noan’anaviy dizayn, tasma o‘rniga ipli ushlagichlarga ega.

Shuningdek, Meta Band ekrani boshqa smartsoatlarnikiga qaraganda sezilarli darajada katta ekranga ham ega bo‘lib, tomchi tirqishli old kamerasi ham bor. 

Aqlli soatning yana bir noodatiy xususiyati shundaki, uni g‘ilofidan ajratib olish, aytish mumkin bo‘lsa mini-smartfon qilib ham ishlatish mumkin. Ajratib olinganida smartsoat orqasidagi kamerani ham ko‘rishingiz va u bilan videolar olishingiz mumkin bo‘ladi. 

Meta Band katta ehtimoli shu yili chiqarilishi kutilmoqda. 

O‘QING: Buklanauvchi iPhone kutib turadi, Apple to‘liq ekranli MacBook chiqarmoqchi