Ikkita narx toifasidagi eng kuchli smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2019 yil noyabr)

  •   DiMaX
  •  1636
  •  10.12.2019 16:07

Ikkita narx toifasidagi eng kuchli smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2019 yil noyabr)

Ommabop AnTuTu jamoasi o‘tgan oy yakunlariga ko‘ra Android-smartfonlar samaradorlik natijalarini e’lon qildi. Oktyabrda eng kuchli flagmanlar va eng zo‘r o‘rta narxli smartfonlar reytinglarini taqdim etgan benchmark noyabr oyi yakunlari bo‘yicha ham shunday yo‘l tutdi.

O‘QING: AnTuTu'da yangi rekordchi!

Shunday qilib, flagman telefonlar toifasidagi eng kuchli smartfon 12/512 gigabaytlik tezkor/ichki xotirali ROG Phone 2 bo‘ldi – 496 662 ball. Ikkinchi o‘rinni 482 881 ball bilan 8/256 GB xotirali OnePlus 7T olgan. Kuchli uchlikni OnePlus 7T Pro flagmanining 12/256 GBlik varianti 482 532 ball bilan yakunlab bergan.

Umuman, noyabrning eng kuchli flagmanlari o‘ntaligi quyidagicha:

Guvohi bo‘layotganingizdek, Samsung flagmanlari – Galaxy Note 10+ hamda Galaxy Note 10 o‘nlikning oxirgi o‘rinlaridan joy olishgan.

O‘QING: Redmi K30’ning chirangani AnTuTu testigacha ekan! (+«jonli» suratlar)

O‘rta narx toifasiga mansub smartfonlarning eng zo‘ri esa 6/128 GB xotirali Redmi Note 8 Pro bo‘ldi – 283 092 ball. OPPO Reno 2 modelining 8/256 GBlik varianti 260 650 ball bilan ikkinchi o‘rinda. Kuchli uchlikni 251 491 ballik ko‘rsatkich bilan Xiaomi Mi 9T yakunlagan.

Mazkur toifadagi o‘nta eng yaxshi smartfon va ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari quyidagi ro‘yxatda:

Reyting mualliflari ta’kidlashlaricha, yil yakunida kuchlilar ro‘yxatida katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Zero, dekabr oyida hali Xiaomi, Vivo va OPPO kabilar bir nechta telefonlarini namoyish qilishadi.

O‘QING: Eng tezkor sakkizta yangi smartfon (Master Lu reytingi, 2019 yil dekabr)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!