Ikkita ommabop Galaxy smartfoniga xavfsizlik yangilanishi jo‘natilmoqda

Ikkita ommabop Galaxy smartfoniga xavfsizlik yangilanishi jo‘natilmoqda

Samsung kompaniyasi avgust 2022 Android xavfsizlik patchini o‘z smartfonlariga yetkazib berishni davom ettirmoqda. Hozirda xavfsizlik yangilanishi Galaxy A52 (4G model) va Galaxy A53 smartfonlariga kelmoqda. 

Yangilanish model versiyasi A52 uchun A525FXXU4BVG2, A53 uchun esa A536EXXU3AVGA bo‘lib, u tizimdagi bir qator muammolarga barham beradi. 

Hozirda xavfsizlik yangilanishi rossiyalik A52 va A53 smartfoni foydaluvchilariga jo‘natilmoqda. Keyinchalik boshqa hududlardagi foydaluvchilar ham yangi xavfsizlik yangilanishini qabul qilib oladilar. 

O‘QING: Narxi 200 dollarga bormaydigan realme smartfoni taqdim etildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.